ALBETKOV VENIAMIN VALEYEVICH

mayor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (10.17.1943)

1917-yil 18-aprelda (1-may) xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Tatar. Toshkent to‘qimachilik texnikumining 3 ta kursini tamomlagan. 1939-yildan Qizil Armiya safida. 1941-yilda Yaroslavl harbiy piyoda bilim yurtini tugatgan.
Ikkinchi Jahon urushi frontida – 1941 yil iyunidan. Markaziy frontning 60-armiyasi 121-o‘qchi diviziyasi 383-o‘qchi polkining 2-o‘qchi batalyoni komandiri bo‘lgan.
1943-yil kuzida Rilsk shahri yaqinida Albetkov batalyonining jangchilari 600 tagacha dushman askarini yo‘q qilgan. Albetkov batalyoni nemislarni Oster shahri yaqinida Desna daryosini kechib o‘tishini barbod qilgan.
26-sentabrda Albetkov batalyoni Dnepr daryosini kechib o‘tib platsdarmni egallab olgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 17-oktabrdagi Farmoni bilan “O‘qchi batalyonini mohirona boshqarganligi, nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, mayor Albetkov Veniamin Valeyevich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlanagan.
Urushdan keyin V.V. Albetkov armiyada xizmat qilishni davom ettiradi. 1948-yilda M.V.Frunze nomidagi Harbiy akademiyani tamomlagan. 1959-yildan polkovnik Albetkov zaxiraga bo‘shatilgan. Moskvada yashagan.
1984-yil 17-aprelda vafot etgan. Moskvadagi Danilovskiy musulmonlar qabristoniga dafn qilingan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"ALEKSANDR NEVSKIY" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA UCHUN" MEDALI

"JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN" MEDALI