AKIMOV FYODOR FILIPPOVICH

 katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (17.10.1943)

 1915-yil 21-mayda, hozirgi Qozog‘iston Respublikasi Aqto‘be viloyatining Aqto‘be shahrida, ishchi oilasida tug‘ilgan. Rus. Ma’lumoti tugallanmagan o‘rta. U O‘zbekiston SSRning Toshkent viloyati Orjonikidze tumanida yashab, faoliyat yuritgan. Qizil Armiya safida 1941-yilning yanvar oyidan jangga kirgan.
1943-yilning sentabr oyida (Markaziy front 60-armiyasi 121-o‘qchilar diviziyasi) 705-o‘qchilar polkining dastakli pulemyot bo‘linmasi komandiri, katta serjant Fyodor Akimov pulemyot hisobi bilan rotada birinchilardan bo‘lib Kiyev shahrining shimolidagi Dnepr daryosidan kechib o‘tdi, biroq dushman hujumi ostida daryoning chap qirg‘og‘iga chekinishga majbur bo‘ldi. So‘ngra katta serjant Akimov yana bir bora Dneprni kechib o‘tdi va dushmanni pulemyotdan o‘qqa tutish orqali Glebovka qirg‘og‘i yaqinidagi daryoni kechib o‘tayotgan bir guruh jangchilarni himoya qiladi, natijada o‘qchi bo‘linmalar Dneprdan kechib o‘tib, Ukrainaning Kiyev viloyati, Vishgorod tumani, Kozarovich qishlog‘iga kirishiga imkon yaratildi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yilning 17-oktyabrdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta serjant Akimov Fyodor Filippovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urushdan keyin F.F.Akimov zahiraga bo‘shatilgan. U Toshkent viloyati, Orjonikidze tumani, Qibray shaharchasida yashagan va faoliyat yuritgan. Keyinchalik Toshkentda yashadi va 1965-yilning 27-aprelida vafot etdi. U Toshkent shahrida dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"LENIN" ORDENI

"JASORAT" ORDENI