YEDRYONKIN MIXAIL AKIMOVICH

oddiy askar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, «Shuhrat» ordenining to‘liq sohibi (10.04.1945)

1923-yil 21-noyabrda BASSR Ufa tumanining Novoaleksandrovka qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Rus. Ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta.
1942-yildan Qizil Armiya safida. 1942-yil martdan Ikkinchi jahon urushi frontida.
35-shturm muhandis-sapyor batalyoni sapyori oddiy askar Yedryonkin 1944-yil may oyida dushman fronti ortida, guruhi bilan Guta-Penyatsk-Maydan (Ukraina Lvov viloyati, Zolochev shaxridan 17 km. shimolda) yo‘lini minalashtiradi. Minadan 2 ta mashina va 1 ta arava portlatib yuboriladi. 1944-yil 15-iyun kuni III-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlanadi.
1944-yil 16-iyulda Yedryonkin jangchilar bilan Kozatin aholi yashash punkti yaqinida (Ukraina, Volin viloyati Goroxov shahridan shimoli-g‘arbda) dushmanning o‘t ochish joylarini razvedka qiladi va 100 dan ortiq minalarni zararsizlantiradi (shu jumladan 19 ta mina – “kutilmagan sovg‘alar”). 1944-yil 7-avgustda II-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 29-yanvarda Tsyuxen aholi yashash punkti yaqinida (Xobenya shahridan 3 km shimoli-sharqda) Oder daryosini kechib o‘tishda guruh komandiri o‘rinbosari kichik serjant Yedryonkin 8 marotaba qatnab 100 dan ortiq askar va ofitserlarni daryodan olib o‘tadi. 1945-yil 10-aprelda I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlanadi.
Starshina Yedryonkin 1947-yilda zahiraga bo‘shatiladi. Buxoroda (UzSSR), keyin Ufada yashagan. «Vostoknefteprovodstroy» trestining Buxoro-Ural gaz quvuri qurilishida duradgor bo‘lib ishlagan.
1970-yil 31-oktabrda vafot etgan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI