VOLOSATOV ANATOLIY ANISIMOVICH

katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, “Shuxra”t ordenining to’liq sohibi (03.11.1992)

1924-yil 8-sentabr Ural viloyati Kurgan okrugi Lebyajyevsk tumani Nijneglubokiy qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Rus. Oilasi bilan Nalchik shaxriga ko‘chib o‘tgan. № 6 o‘rta maktabni 8-sinfini tamomlab Bakinsk dengizchilar texnikumiga o‘qishga kirgan.
Ikkinchi jahon urushi boshlangach o‘qishni to‘xtatishga to‘g‘ri kelgan va Nalchikga qaytib, harbiy qismga ishga kirgan.
1942-yil maydan Qizil Armiya safida. Nalchik harbiy komissarligi tomonidan chaqirilgan. 1942-yil 1-iyulidan Ikkinchi jahon urushida. 13-iyuldayoq birinchi bor yaralanadi. Sog‘ayganidan so‘ng yana oldingi qatorga qaytadi va jangda qurshovga tushib qoladi. Kavkaz va Kubanni ozod qilishda qatnashadi.
1943-yil 26-iyunda Qrim – Krasnadar stansiyasi yaqinida 2 marotaba yaralanadi. Sog‘ayib qaytganidan so‘ng urush tugaguniga qadar 168-gvardiya o‘qchi polkida minomyotchi bo‘lib xizmat qilgan. Polk tarkibida Novorossiyk-Tamanskdagi xujum operatsiyasida, Kerchensk-Eltigensk desant operatsiyasida, Kerchensk platsdarmida, Belorus xujum operatsiyasida, Sharqiy-Prussuyadagi xujum operatsiyasida va Berlindagi xujum operatsiyalarida qatnashgan.
Kerchen desant operatsiyasida serjant Valosatov Anatoliy Kerchen jonbozlik ko‘rsatadi. Kerchen yarim oroliga kechib o‘tgach, minomyotdan o‘t ochib xujumga o‘tayotgan qismni qo‘llab-quvatlab turgan.
1943-yil 3-sentabrdagi jangda dushman tomonidan Kerchning sharqida egallagan balandlikka qarshi hujumda minamyot hisobi pulemyot o‘rnatmasini va 20 ga yaqin dushman askarlarini yo‘q qilib, balandlikni tezroq egallashga imkon beradi.
1944-yil 19-fevralda 55-gvardiya o‘qchilar diviziyasi komandirining buyrug‘iga asosan serjant Valosatov Anatoliy o‘zining jangdagi jasurligi va mardonavor harakatlari uchun III-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 13-yanvarda Sharqiy Prussiyadagi Gumbinnen shaxri yaqinidagi ko‘p eshalonli, uzoq muddatga mo‘ljallangan mudofaagasini yorib o‘tishda jonbozlik ko‘rsatadi. Artilleriya-minamyot va pulemyotlar olovi ostida hisobni mohirlik bilan boshqarib, dushmanning 2 ta pulimyot o‘rnatmasini, 1 ta qo‘l pulemyoti hisobini va 2 nafar askarini yakson qiladi.
1945-yil 7-martda II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan. 1945-yil 24-martda Kyonisbergning janubi-g‘arbi uchun bo‘lgan jangda jonbozlik ko‘rsatgan.
Shaxarning janubiy-garbiy qismida dushmanning 2 marta qarshi xujumini qaytarib, 70 ga yaqin dushman askarlari va 5 ta pulemyot o‘rnatmasini yo‘q qiladi.
1945-yil 16-iyun kuni takroran II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlanadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1992-yil 3-noyabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta serjant Volasatov I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1946-yilda zahiraga bo‘shatilgan. Dzaudjikay tog‘- metallurgiya texnikumini tamomlaydi va Nalchik shaxrida yashaydi. Farg‘onadagi neftni qayta ishlash zavodida ishlaydi.
1985-yilda nafaqaga chiqadi. 2012-yil 25-martda vafot etagan va Krasnodardagi Slavyan qabristoniga dafn etiladi.

 

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI