UTEMURODOV TLEUMUROD

katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining toliq sohibi (31.05.1945)

1925-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Qoraqalpoq. Kolxozda ishlagan.
1943-yil martda Taxtako‘pir viloyat harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan.
1943-yil oktabrdan G‘arbiy frontda jang qilgan, dekabr oyida og‘ir yaralanadi.
1944-yilning yoziga kelib 97-o‘qchi diviziyasi 136- o‘qchi polkida sapyor bo‘lgan. 1944-yilda Belorussiya hududida jonbozlik ko‘rsatadi. Berezina daryosidan kechib o‘tishda, safdoshlari bilan 3 ta yog‘och suzish vositasi quradi va batalyon o‘qchilarini olib o‘tadi. Janglarda 2 ta o‘tish joyini hosil qilib, 78 ta minani zararsizlantiradi, so‘ng daryo kechuv joyini tozalaydi va yana 30 minani zararsizlantiradi.
1944-yil 13-sentabrdagi 97-o‘qchi diviziysining buyrug‘i bilan III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
Avgust oyida shu janglar uchun “Jasorat uchun” medali bilan taqdirlangan.
1945-yil boshiga kelib 277-o‘qchi diviziyasi 850-o‘qchi polkining polk razvedkasida jang qiladi. Sharqiy Prussiya operatsiyalari jangida jonbozlik ko‘rsatadi. 1945-yil 30-yanvarda Almenhauzen va Noy Valdek (Kaliningrad viloyatining Pravdinskiy tumani, Kashtanovo qishlog‘i) aholi yashash punktlarida, dushmanning qarshi hujumini qaytarishda 10 nafar nemis askarini yo‘q qiladi, keyin qishloqqa birinchi bo‘lib yorib kirib, 7 ta dushman askarini yo‘q qiladi va og‘ir pulemyotni qo‘lga kiritadi.
1945-yil 26-fevraldagi 277-o‘qchi diviziyasining buyrug‘i bilan III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan mukofotlangan.
1945-yil 16-martda Kaliningrad viloyati Ladushkin shahrining janubi-sharqida uyga bostirib kirib, 10 ta fashistni yo‘q qiladi va 2 nafarini asirga oladi. Aprel oyida razvedka operatsiyalari Zemlandiya yarim orolida faol qatnashdi va dushmanning 7 ta askarini va 1 ta ofitserini asirga oladi.
1945-yil 26-aprelda 5-chi armiyaning buyrug‘i bilan II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
Urushdan keyin armiyada xizmatni davom ettiradi. 1950-yilda katta serjant Utemuratov zahiraga bo‘shatiladi. Karauzyak tumanidagi “Moskva” kolxozida yashagan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1982-yil 22-yanvardagi Farmoni bilan 1945-yil 26-fevraldagi buyruq bekor qilinadi va I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan qayta taqdirlanadi.
2005-yil 16-oktyabrda vafot etgan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI