TOKAREV ALEKSEY PAVLOVICH
serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to‘liq sohibi (27.06.1945)
1919-yil 16-martda hozirgi Saratov viloyatining Krasavskiy tumanidagi Snejkovka qishlog‘ida, dehqon oilasida tug‘ilgan. Rus. Otasiz o‘sgan, 5-sinfni tugatgan. Kolxozda traktor haydovchisi bo‘lib ishlagan.
Keyinchalik O‘zbekistonga ko‘chib kelgan, Uchqo‘rg‘on tumanidagi 9-sonli paxta zavodida haydovchi bo‘lib ishlagan.
1941-yilda Qizil Armiyaga Uchqo‘rg‘on harbiy komissarligidan chaqirilgan. O‘sha yilning noyabr oyidan frontda.
1944-yil bahorida gvardiya serjanti Tokarev 128-gvardiya tog‘-o‘qchilari Turkiston diviziyasi 99-alohida gvardiya o‘zenit-artilleriya bataloni 37-mm zenith orudiyasi hisobini boshqargan.1944-yil mart-aprel oylarida Kerch (Qrim) shahrida Tokarev hisobi bilan dushmanning 8 ta samolyotini urib tushiradi, 2 ta zirhli transport vositasini, shturm orudiyasini yakson qiladi va 10 dan ortiq fashistlarni yo‘q qiladi.
1944-yil 16-maydagi buyruq bilan serjant Tokarev Aleksey Pavlovichga III-darajali “Shuxrat” ordeni berildi. 1944-yil sentabr oyining oxirida 128- gvardiya tog‘-o‘qchi Turkiston diviziyasi shiddatli janglar bilan Karpat tog‘ tizmasining suv bo‘linish joyiga etib keladi.
Bazi bir balandliklar bir necha bor qo‘ldan-qo‘lga o‘tadi. 14-19-oktabr kunlari diviziya Zvala shaharchasini ozod qilishda (Chexoslovakiya, Snina shahridan 16 km shimolda) qatnashadi. Tokarevning hisobi o‘qchi qo‘shinlari tarkibida, dushman hujumi kutilgan xavfli yo‘nalishda harakatlanayotgan edi. Jangning birinchi kunida, dushmanning hujumlarini qaytarishda, zenitchilar 40 dan ortiq nemis askarlarini yo‘q qiladi.
Jasorati va mardligi bilan Zval qishlog‘ini qo‘lga kiritishda o‘qchi qismlarini olg‘a boshlaydi. Janglarda jami 20 dan ortiq dushman askarlari mag‘lub etdi, 8 ta pulemyot nuqtasini yo‘q qiladi va 3 ta shturm orudiyasini safdan chiqaradi.
1944-yil 14-dekabrdagi buyruq bilan II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil aprel oyida Chexoslovakiyadagi jangler uchun I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlanishga taqdim etiladi. “1945-yil 16-aprelda Gojitsa qishlog‘i uchun shiddatli jangda, – mukofot varaqasida aytilishicha – hisob komandiri gvardiya serjanti Tokarev orudiyani ochiq joyga olib chiqib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri dushmanning 2 ta pulemyotini yo‘q qiladi va yonuvchi snaryad bilan, vzvodga teng dushman askari joylashgan 4 ta uyni yoqib yuboradi. 18-aprel kuni Uxilsko shaharchasini egallash uchun bo‘lgan jangda, snayperlar va “Airlikon” to‘pi joylashgan 2 ta uyni yakson qiladi.
Dushmanning qarshi hujumini qaytarishda og‘ir yaralanadi. Qon yo‘qotishiga qaramay Tokarev, dushmanning qarshi hujumini qaytarishni davom ettiradi. Jangda 20 nafar fashistni yo‘q qiladi. G‘alabani gospitalda kutib olgan. O‘sha yili zahiraga bo‘shatilgan. O‘zbekistonga qaytib keladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1946-yil 15-maydagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatilgan jasorati va qahramonligi uchun”, serjant Tokarev Aleksey Pavlovich I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1947-yilda Moskva shahriga ko‘chib kelgan. Traktor haydovchisi va haydovchi bo‘lib ishlagan 1958-yildan shahar qurilish maydonlarida ishlagan. 1977-yil 20-yanvarda vafot etgan. Moskvada Xovanskiy markaziy qabristonida dafn etilgan.