TKACHENKO ANATOLIY AKIMOVOCH

serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to‘liq sohibi (22.04.1969)

 1924-yil 24-mayda Kirovograd viloyati, hozirgi Zlatopolskiy tumani Kamenovatka qishlog‘ida ishchi oilasida tug‘ilgan. Ukrain. 7 sinfni tugatgan. Rostov viloyati Proletarskiy tumanida traktor haydovchisi bo‘lib ishlagan. 1943-yil martda Qizil Armiya safiga chaqirilgan.
Zaxira polkda yo‘naltiruvchi mutaxassisligini o‘rganadi. O‘sha yilning avgustidan frontda. Butun jangjvar yo‘lini 87-o‘qchi diviziyasi 1379-o‘qchi polka tarkibida yo‘naltiruvchi, keyin 76-mm orudiyasi hisobi komandiri bo‘lgan. 4-Ukraina va 1-Boltiq frontlarida jang qilgan. 1944-yil 16-aprelda Sevastopol shahri ostonasidagi janglarda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri nishonga olish bilan 2 ta o‘t ochish nuqtasini yo‘q qiladi, shturm orudiyasiga zarba beradi va 10 dan ortiq fashistlarni yo‘q qiladi.
1944-yil aprel-may oylarida Perekop hududida nemis mudofaasini yorib o‘tishda va Sevastopolni shturm qilishda o‘z hisobi bilan aniq nishonga olish bilan dushmanga katta talafot etkazadi va piyodalarni egallangan marraga mustahkam joylasib olishiga va oldinga siljishiga imkon yaratadi. Faqat 16-aprel kuni Belbek hududida, Sevastopol ostonasida bo‘lgan janglarda, dushmanning 2 ta pulemyotini, 2 ta o‘t ochish nuqtasini va o‘nlab dushman askarlarini yo‘q qiladi.
1944-yil 13-maydagi buyrug‘i bilan III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
Qrimdagi janglardan keyin Tkachenko jang qilgan diviziya g‘arbiy yo‘nalishga o‘tkaziladi. Birinchi Boltiq frontining 51-armiyasi narkibida Latviya va Litvani ozod qilishda qatnashgan; Kurlyand yarim orolida nemis bo‘linmasini yo‘q qiladi. 1944-yil 16-20-avgustda Kruopyay qo‘rg‘oni (Akmyanskiy tumani, Litva) hududidagi janglarda halok bo‘lgan yo‘naltiruvchini almashtirib, orudiyada aniq nishonga olib 15 tacha natsistni o‘ldiradi, 3 ta pulemyot nuqtasini va 2 ta zirhli transport vositasini yakson qiladi. Yaralangan, lekin tez orada o‘z bo‘limiga qaytgan.
1944-yil 23-avgustdagi buyrug‘i bilan III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan (takroran).
1945-yil 23-26-yanvar kunlari Rungi Ozolgraykshi (Latviya) qishlog‘ida bo‘lgan janglarda hisobi to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘t ochib, dushman tayanch punkt joylashgan 2 ta uychni yakson qiladi, 1 ta pulemyotni va 10 natsistni yo‘q qiladi. 1-fevral kuni navbatdagi jangda og‘ir yaralanadi va boshqa frontga qaytmaydi.
1945-yil 10-fevraldagi buyrug‘i bilan II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yilda zahiraga bo‘shatilgan. 1954 yildan Toshkentda kommunal xizmati vazirligida ishlagan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1969-yil 22-apreldagi Farmoni bilan Tkachenko Anatoliy Akimovich qaytadan I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
Toshkent shahrida yashagan. 1975-yil 22-aprelda vafot etgan. Birinchi darajali “Vatan urushi” ordeni, 3 ta “Shuxrat” ordeni va medallar bilan taqdirlangan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI