NIYOZOV (NIYAZOV) SAID
serjant, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi “Shuxrat” ordenining to‘liq sohibi (31.05.1945)

1922-yil 22-noyabrda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi, hozirgi Qashqadaryo viloyati Kitob tumani tarkibiga kiruvchi, Matmon qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Tojik. 9-sinfni tugatgan.
O‘z qishlog‘ida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 1941-yil may oyida Buxoro viloyati Kitob tumani harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan.
1942-yil maydan Kalinin frontidagi 2-alohida gvardiya motoo‘qchi diviziyasi 4-gvardiya motoo‘qchi polkida o‘qchi bo‘lib xizmat qilgan. Rjev jangida qatnashgan, 1942-yil 13-sentabrda Kalinin viloyati Rjev viloyati Znamenskoye qishlog‘i yaqinida yaralangan. Og‘ir qonli, sarosimali janglarda oddiy askar S.Niyozov halok bo‘lganlar ro‘yxatiga kiritilib, o‘limi to‘g‘risida qarindoshlariga habar yuboriladi.
1942-yil kuzida S.Niyozov frontga qaytib, jangni davom ettiradi. 1942-yil 23-dekabrda 2 marta yaralanadi, bu safar og‘ir yaralanadi. Niyozov 1943-yil avgustigacha Moskva viloyati Kolomna shahridagi evakuatsiya gospitalida davolangan.
Sog‘ayib ketgandan so‘ng, Moskva harbiy okrugida tashkil etilayotgan 7-mexanizatsiyalashgan korpusning 64-mexanizatsiyalashgan brigadasiga pulemyotchi bo‘lib yuboriladi. 1943-yil oktabrdan boshlab mexanizatsiyalashgan korpus tarkibida 2-Ukraina frontida jang qiladi.
Nijniydneprdagi hujum operatsiyasida qatnashgan (1943-yil oktabr-dekabr). 1944-yil boshida artilleriya bo‘limiga o‘tkaziladi va urush oxirigacha 1-Belorussiya frontidagi 275-gvardiya tankga-qarshi qiruvchi artilleriya polkida yo’naltiruvchi o‘rinbosari bo‘lib jang qilgan. Belorusiya fronti (1944-yil iyun-avgust) va Visla-Oder hujum operatsiyalari, Kyurstrin platsdarmini kengaytirish operatsiyalarida va Berlin hujum operatsiyasida qatnashgan.
Belorussiya operatsiyasi boshida, 1944-yil 26-iyunda, dushmanning qarshi hujumi qaytarishda, 1 ta nemis tankini va 40 tagacha askarni yo‘q qiladi.
Shu jang uchun o‘zining birinchi mukofotini – “Jangovar xizmatlari uchun” medalini oladi. 275-gvardiya qiruvchi-tankga qarshi artilleriya polkining orudiya raqami (4-gvardiya alohida qiruvchi-tankga qarshi brigadasi, 15-gvardiya otliq diviziyasi, 69-armiya, 1-Belorusiya fronti) Belorussiya strategik hujum operatsiyasi tarkibida bo‘lgan. Lublin, Brest fronti operatsiyasida jasorat bilan jang qiladi.
1944-yil 18-iyulda Psjevali qishlog‘i yaqinida (Xelm shahrining janubida, hozirgi Lublin Voivodezida (Polsha)) hujumga o‘tgan piyodani olov bilan qo‘llab-quvvatlash vaqtida, snaryadning yorilishi natijasida yaralanadi. Jang mayodonini tark etmay, yarasini bog‘lab, jangni davom ettiradi. Shu jangda artilleriya hisobi dushmanning 1 ta minomyotini va 3 ta pulemyot o‘t nuqtasini yo‘q qiladi va o‘qchi bo‘linmalarining muvaffaqiyatli oldinga harakatlanishini ta’minlaydi.
“Nemis-fashit bosqinchilariga qarshi janglarda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan maxorati va jasorati uchun”, 15-gvardiya otliq diviziyasining 1944-yil 30-iyuldagi buyrug‘i bilan III-darajali «Shuxrat» ordeni bilan mukofotlangan.
275-gvardiya qiruvchi tankga qarshi artilleriya polkining orudiya yo’naltirishchisining o‘rinbosari bir necha kun o‘tgach, Belorussiya hujum operatsiyasi davom etayotganda, yana jasorat ko‘rsatadi.
1944-yil 31-iyulga o‘tar kechasi dushman artilleriya va minomyoti olovi ostida Kemp Xotetsk aholi yashash punkti (Polsha) yaqinida, hisobi bilan birinchilardan bo‘lib Visla daryosini kechib o‘tib, platsdarmda orudiyani janga tayyorlaydi va jangga kirishadi.
1-avgust kuni nemis piyodalarining 4 ta hujumini qaytarib, 2 ta minomyotni, 3 ta pulemyotni va dushmanning 40 ta tirik kuchini yo‘q qiladi. Nemislar bir necha bor orudiya pozitsiyalariga yaqinlashib keladi, shunda S.Niyozov avtomatni olib, ularni yaqinlashishiga yo‘l qo‘ymaydi va dushmanning 15 tagacha askarini yakson qiladi.
“Nemis-fashit bosqinchilariga qarshi janglarda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan maxorati va jasorati uchun”, 1944-yil 18-avgustdagi 69-armiya qo‘shinlarining buyrug‘i bilan II-darajali «Shuxrat» ordeni bilan mukofotlanadi.
Kyustrinskiy platsdarmini saqlab qolish va kengaytirish uchun bo‘lgan jangda jonbozlik ko‘rsatadi.
1945-yil 19-martda uning orudiyasi platsdarmga o‘tkaziladi va jangga kiradi. 22-mart kuni Kyustrin shahrining shimoli-g‘arbiy qismida (hozirgi Oderdagi Kostrzin, Lubusz Voivodex, Polsha), artilleriya hisobi, olov bilan hujumdagi o‘qchilarni qo‘llab-quvvatlab dushmanning 1 ta pulemyotni, 1 ta kuzatuv punktini, 10 nafar askarni yo‘q qiladi, shuningdek 1 ta nemis minomyotini yakson qiladi. Shu jangda artilleriyachilar yordamida piyodalar platsdarm hududini kengaytirib, Genshmar qishlog‘ini qo‘lga kiritadilar.
Shu jasorat uchun 1945-yil 27-martda II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlanadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945 yil 31 maydagi Farmoni bilan “Nemis-fashit bosqinchilariga qarshi janglarda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan maxorati va jasorati uchun”, serjant Niyozov Said I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
G‘alabani Berlinda kutib oladi. 1945-yilda starshina S.Niyozov zaxiraga bo‘shatiladi. Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Oshxon qishlog‘ida yashagan. O‘rta maktab o‘qituvchisi, qishloq kengashi raisi, sovxozning fuqaro mudofaasi boshlig‘i, “Palandar” sovxoz bog‘dorchilik brigadasida brigadir bo‘lib ishlagan. 1980-yilda nafaqaga chiqqan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI