NEROBOV ALEKSANDR TROFIMOVICH
kichik serjant, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi “Shuxrat” ordenining to‘liq sohibi (19.04.1945)
1903-yil 23-oktabrda Novgorod viloyati, Cherepovets tumani, hozirgi Vologda viloyatining Kaduy tumani, Andogskiy volosti, Demshina qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Rus. Faqat 2 yillik cherkov maktabini tamomlagan.
1925-yildan Qizil Armiya safida. Besh yil davomida 30-Cherepovets qurilish polkida xizmat qilgan. Xizmatdan so‘ng uyga qaytadi.
1942-yil dekabrda qayta armiyaga chaqirilgan. Samarqand viloyatida tashkil etilgan harbiy qismga tayinlangan. Jangga birinchi bor Qalmiq cho‘lida kiradi va yaralanadi.
Bo‘linmasi bilan Elistadan Rostov-Dongacha bo‘lgan janglarda qatnashadi, Perekopni shturm qiladi. Dushman istehkomlariga bo’lgan hujumda, halok bo‘lgan guruh komandirini almashtirib, safdoshlarini qo‘l jangi hujumga boshlaydi. Shaxsan o‘zi 2 ta fashistni yo‘q qiladi, lekin o‘zi ham og‘ir yaralanadi.
Shu jangda birinchi harbiy mukofoti – “Jangovar xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlanadi. Gospitaldan so‘ng, 1944-yil iyul oyida 3-Boltiq fronti tarkibiga kiritilgan 33-gvardiya Sevastopol diviziyasiga qabul qilinadi.
Shu qism tarkibida G‘alabagacha jang qiladi. 1944-yil 26-iyulda Kreken qishlog‘i (Litva, Panevezis shahrining janubi-g‘arbiy qismida) yaqinida jangda, dushmanning qarshi hujumini qaytarishda yaralanadi, lekin vazifani bajarmagunicha jang maydonini tashlab ketmaydi.
33-gvardiya o‘qchi diviziyasi komandirining 1944-yil 20-avgustdagi buyrug‘i bilan kichik serjant Nerobov Aleksandr Trofimovich III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan mukofotlangan.
1944-yil 10-oktabrda Nove Mesto (Nauyamestis, Litva) aholi yashash punkti hududida bo‘lgan jangda birinchi bo‘lib dushmanga o‘t ochish nuqtasiga yetib borib, granata bilan pulemyot nuqtasini va 5 nafar natsistni yo‘q qiladi. Batalyon hujumga o‘tib, qishloqqa yorib kiradi.
2-gvardiya armiyasining buyrug‘i bilan 1944-yil 12-dekabrda II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 29-yanvarda Nesselbek qo‘rg‘oni (hozirgi Kaliningrad shahrining shimolida) yaqinidagi janglarda, jangchilarni olg‘a boshlab, dushman transheyasiga birinchilardan bo‘lib bostirib kirib, avtomatdan dushmanning 10 dan ortiq piyoda askarlarini qirib tashlaydi va pulemyotni qo‘lga kiritadi. O‘z qismiga dushman marralarini egallashga imkoniyat yaratadi.
Shu jang Nerobov uchun oxirgisi bo‘ldi, og‘ir yaralanib front ortiga yuborilgan. Jasur jangchi o‘z bo‘linmasiga 8-may kuni Sharqiy Prussiyaning Pillau shahrida yetib boradi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 19-apreldagi Farmoni bilan “Nemis-fashistlar bilan bo‘lgan janglardagi ko‘rsatgan jasorati, mardligi va dovyurakligi uchun”, kichik serjant Nerobov Aleksandr Trofimovich I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan mukofotlangan.
1945-yil avgustda starshina A.T.Nerobov zaxiraga bo‘shatilgan. O‘z qishlog‘iga qaytib kelgan. Ikki yil o‘tgach, urush tugaganligi munosabati bilan I-darajali «Shuxrat» ordeni berilgan.
Cherepovets shahrida yashagan. 1992-yilda vafot etgan.