MURZAYEV ISRAIL
gvardiya kichik serjanti Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi “Shuxrat” ordenining to‘liq sohibi (15.05.1946)

1919-yil 20-dekabrda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi Boshquduq qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘zbek. 7-sinfni tugatgan. “Ashxobod” kolxozida ishlagan. 1939-yil sentabrdan Qizil Armiyada. Ikkinchi Jahon urushida 1941-yil iyunidan. 275-gvardiya qiruvchi-tanka qarshi artilleriya polkining yo‘naltiruvchisi (4-alohida gvardiya qiruvchi-tanka qarshi brigadasi, 5-zarbdor armiyasi, 1-Belorussiya fronti). 1945-yil 20-22-martda Kyustrinskiy platsdarmi janglarda orudiyadan dushmanning kuzatuv punktini vayron qiladi, 2 ta pulemyotni va 10 dan ortiq askarlarini yo‘q qiladi va Genshmar (Germaniya) qishlog‘ini bosib olishga hissa qo‘shgan.
1945-yil 19-aprelda III-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlanadi.
1945-yil 27-martda Kyustrin shahrining shimoliy-g‘arbiy qismida (Kostrsin, Polsha) bo‘lib o‘tgan jangda dushmanning 6 ta qarshi hujumini qaytaradi, 1 ta tankni, 1 ta pulemyot va 5 ta fashist askarini yo‘q qiladi.
1945-yil 7-mayda II-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil aprel oyida Berlindagi (Germaniya) janglarda artilleriyachilari bilan 2 ta orudiyani, 2 ta o‘t ochish nuqtasini yo‘q qiladi, 3 ta pulemyotni va 10 dan ortiq dushman askarlarini aniq nishon bilan yakson qilib, piyodalarning oldinga harakatini muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlagan.
1946-yil 15-mayda I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1946-yil may oyida zahiraga bo‘shatilgan. Samarqand viloyati Sovetobod tumani “Moskva” sovxozida fuqaro mudofaasi ishlari bo‘yicha boshliq bo‘lib ishlagan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI