LANDICHENKO VIKTOR FYODOROVICH
serjant Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to‘liq sohibi (27.03.1965)
1922-yil 12-fevralda Belarussiyaning Vitebsk viloyati, Liozno tumani Mixaylovo qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Belarus. Boshlang‘ich ta’limni olgan, Vitebsk shahridagi 4-maktabni tugatgan. Toshkent temir yo‘l stantsiyasida bo‘yoqchi bo‘lib ishlagan.
Qizil Armiyada 1942-yil 12-avgustdan. 1943-yil fevralda Toshkent piyoda maktabini tugatib, armiyaga yuborilgan.
G‘arbiy, Voronej, Bryansk va 1-Boltiq frontlarida jang qilgan. Kursk jangida va Belorussiyani ozod qilishda faol ishtirok etgan. 1944-yil 3-4-iyulga o‘tar kechasi Belorussiyaning Vitebsk viloyati Polotsk shahri yaqinida razvedka guruhi tarkibida mototsiklni qo‘lga kiritadi va nemis ofitserini asirga oladi. 1944-yil 11-avgustga o‘tar kechasi 92-alohida razvedka rotasi (90-gvardiya o‘qchi diviziyasi, 43-armiya, 1-Boltiqbo‘yi fronti) Latviyaning Bauska shahridan janubi-sharqidan 28 kilometr uzoqlikdagi Dvorgole shahri hududida Memel daryosidan o‘tib, dushman transheyasiga bostirib kiradi va 5 ta nemis askarini avtomatdan otib tashlaydi.
90-gvardiya o‘qchilari diviziyasining 1944-yil 28-avgustdagi buyrug‘iga binoan “Jangda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yil 31-avgustda bir guruh jangchilar bilan Latviyaning Ogre shahridan 50 kilometr janubdagi Ozolini-Mejleyshi qo‘rg‘oni yaqinida dushmanlar orasiga o‘tib, dushman ofitserni asirga oladi va granata uloqtirib 3 ta pulemyotni hisobi bilan portlatib yuboradi.
1944-yil 24-sentabrdagi 4-zarbali armiya buyrug‘i bilan “Janglarda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yil 18-sentabrga o‘tar kechasi, boshqa razvedkachilar bilan Vetsmuyja (Latviya Ogre shahridan janubi-g‘arbda) qishlog‘iga bostirib kirib, Sovet piyodalari harakatiga to‘sqinlik qilayotgan pulemyotni hisobi bilan yo‘q qiladi.
1944-yil 10-oktabrdagi 4-Armiya buyrug‘i bilan II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan (takroran).
1945-yilda zahiraga bo‘shatilgan. Vitebsk shahrida yashagan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1965-yil 27-martdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilari bilan janglarda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi uchun”, I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
Ammo orden ikki yil o‘tib, 1967-yilda berilgan.
1980-yil 31-martda vafot etgan. Vitebskdagi Mazurinskiy qabristoniga dafn qilingan.