KARIMOV ALI KARIMOVICH
gvardiya efreytori, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, “Shuxrat” ordenining to‘liq sohibi (24.03.1945)

1914-yil 14-aprelda Ozarbayjonning Shamaxi tumanidagi Shixlar qishlog‘ida tug‘ilgan.
1936–1939-yillarda harbiy xizmatni O‘rta Osiyo harbiy okrugi tarkibida o‘tagan. 1939–1941-yillar oralig‘ida O‘zbekistonda yashagan.
1941-yili Oqdaryo tumani harbiy komissariati tamonidan harbiy xizmatga safarbarqilingan.
1941-yil iyulidan janglarda ishtirok etgan.
22-gvardiyachi o‘qchi polkining mergani (2-Ukraina frontining 7-gvardiyachi armiyasi 72-gvardiyachi o‘qchi diviziyasi) gvardiya kapitani A.Karimov 1944yil 22-avgustda Ruminiyaning Kogeltiyamu qishlog‘i yaqinida dushman mudofaasini yorib o‘tishda dushman dotiga bostirib kirgan va 4 gitlerchini yo‘q qilgan hamda 2 nafar dushmanni asirga olgan.
1944-yil 10-sentyabrda 3-darajali “Slava” (“Shuhrat”) ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yil 21-sentyabrda Ruminiyaning Regin shahri atrofida joylashgan Olah Telek qishlog‘i yaqinidagi jangda u birinchilardan bo‘lib dushman mudofaa marrasini yorib o‘tgan. Dushmanning to‘p raschyoti va 2 ta pulemyot nuqtasini yo‘q qilgan. Jangda kontuziya olgan, lekin safda qolgan.
1944-yil 26-oktyabrda 2-darajali “Slava” (“Shuhrat”) ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yil 6-noyabrda u bir guruh jangchilar bilan yashirincha Vengriyaning Solnok shahri shimoli-g‘arbida mudofaalanayotgan dushmanga front ortidan hujum qilgan, bitta ofitser va 5 ta askarni yo‘q qilgan, dushmanning xaritalari, jangovar hujjatlari va artilleriya asboblarini ko‘lga olib, qo‘mondonlikka topshirgan. Dushmanning qarshi hujumini qaytarishda shaxsan o‘zi 6 nafar dushman piyoda askarini yo‘q qilgan.
1945-yil 24-martda 1-darajali “Slava” (“Shuhrat”) ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yilda zaxiraga bo‘shatilgan. Ozarbayjonning Boku shahri atrofidagi Gobustan qishlog‘ida yashagan. “Absheronburneft” trestida burg‘ilash ustasi bo‘lib ishlagan.
1985-yili vafot etgan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI