GOLUBNICHIY NIKOLAY IVANOVICH

katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to’liq sohibi (31.05.1945)

1914-yil 8-iyul Xarkov viloyati, Bliznyukov tumani, Dobrovol qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Ukrain. Boshlang‘ich ta’lim o‘lgan. 1931-yil Kramatorsk (Ukraina, Donetsk viloyati) shaxridagi hunarmandchilik bilim yurtini tamomlagan. 1933-1936-yillari Azovsk dengizida baliqchilik bilan shug‘illangan.
1936-yil O‘zbekistonga ko‘chib kelgan. Toshkent viloyati O‘rta-Chirchiq tumani Kirov nomidagi kolxozda kolxozchi bo‘lib ishlagan. 1937-1939-yillari Qizil Armiya safida xizmat qilgan. 1942-yil yanvar oyida Orta-Chirchiq tuman harbiy komissarligidan armiyaga chaqirilgan.
Shu yilning fevral oyidan bosqinchilarga qarshi janglarda ishtirok etgan. 1943-yil martida Golubnichiy 69-o‘qchilar diviziyasi 303-o‘qchilar polki 9-o‘qchilar rotasi o‘qchisi. 2-mart kuni jangning qaltis vaziyatida boshqaruvni o‘z qo‘liga oladi, yaralanganiga qaramay, dushmanga qarata o‘t ochishda davom etadi.
1943-yil asosiy Oliy qo‘mondonlik zahirasida 4-gvardiya alohida qiruvchi-tankga qarshi artilleriya brigadasi 275-gvardiya qiruvchi-tankga qarshi polka tarkibida jang qilgan. Hisob komandiri, razvedkachi, batarea starshinasi bo‘lgan.
Brigada tarkibida Markaziy, Belorussva 1-Belorus frontlarida jang qilgan, Ukraina chap qirg‘og‘ini ozod qilishda, Gomelsk, Rechitsk, Lyublin-Brestsk, Varshava-Poznan, Sharqiy Pomeran va Berlinga bo‘lgan hujum operatsiyalarida qatnashgan.
Dnepr daryosini kechib o‘tish janglarida jonbozlik ko‘rsatgan, batareya starshinasi sifatida shaxsiy tarkibni issiq ovqat bilan ta’minlagan va daryodan 2 marta o‘q-dorilarni olib o‘tib yetkazib bergani uchun yefreytor Golubnichiy “Jasorat” medali bilan taqdirlangan.
1944-yil 18-iyul kuni Kovel shaxrining janubiy-shimolidagi 27 kilometrida dushman mudofaasini yorib o‘tishda gvardiya katta serjanti Golubnichiy orudiyadan o‘q ochib dushman minamyotini va 3 ta pulemyotni yo‘q qildi, piyoda qo‘shinlari harakatini ta’minlab beradi.
15-gvardiya otliq diviziyasi qismining 15-sonli buyryg‘i bilan 1944-yil 30-iyul kunidan gvardiya katta serjanti Golubnichiy Nikolay Ivanovich III-darajali “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yil oyida Visla daryosining shimoliy qirg‘og‘idagi platsdarmda dushman hujumini qaytarish uchun jangida gvardiya katta serjanti Golubnichiy orudiyani ochiq o‘t ochish pozitsiyasiga olib chiqadi va fashistlarni o‘qqa tutadi. Bu jangda 2 ta orudiyani, 2 ta minamyotni, 3 ta pulemyotni yakson qilib, 30 ta dushman askarlarini qirib tashlaydi. O‘zining jonkuyarligi bilan platsdarmni ushlab qolishni ta’minlab berdi. “Qizil Bayroq” ordeniga tavsiya etilgan, I-darajali “Ulug‘ Vatan urushi” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 14-yanvar kuni Payenkuv (Polsha, Pulav shaxrining 12 kilometr g‘arbida) tuman aholi yashash punktidagi hujum jangida gvardiya katta serjanti Golubnichiy orudiyadan o‘t ochib dushman minamyot batareyasini, 2 ta blindajni, 2 ta o‘t ochish nuqtasini yakson qilib, 15 ga yaqin gitlerchini yo‘q qiladi.
1-Beloruss fronti qismining 443-sonli buyrug‘i bilan 1945-yil 11-fevralda gvardiya katta serjanti Golubnichiy Nikolay Ivanovich II-darajali “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 20-mart tunida gvardiya katta serjanti Golubnichiy o‘z hisobi bilan dushman olovi ostida Oder daryosini kechib o‘tib, Kyustrin (Polsha, Kostshin) shaxridan 9-kilometr shimoliy-g‘arbida platsdarmda o‘t ochish pozitsiyasini egallaydi. 22-mart kuni platsdarmni keygaytirishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘t ochish bilan kuzatuv punktini, 3 ta pulemyot o‘t ochish nuqtasini va minamyotni yakson qilib, 15 dan ko‘p gitlerchilarni qirib tashaydi.
O‘zining harakatlari bilan piyodalarning oldinga harakatlarini ta’minlaydi va aholi yashash punktini egallashda imkon yaratadi. Artilleriyachi so‘ngi o‘t ochishini Berlinda amalga oshirgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 31-maydagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya katta serjanti Golubnichiy Nikolay Ivanovich I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil noyabrda zahiraga bo‘shatigan va O‘zbekistonga qaytgan. Toshkent viloyatining O‘rta-Chirchiq tumanida To‘y-Tepa shaxrida yashagan. 1977-yil 24-dekabrda vafot etgan. To‘y-Tepa shaxar qabristoniga dafn etilgan.

 

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI