JAMALOV ABDULXAMIT

gvardiya katta serjanti, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to‘liq sohibi (07.06.1968)

1924-yil 15-iyunda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani, Auval qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Tojik. 7-sinfni tugatgan. Kolxozda ishlagan. 1942-yildan Qizil Armiyada.
1943-yil oktabrdan Ikkinchi Jahon urushida. 1944-yil 20-avgustda 86-gvardiya qiruvchi va tanklarga qarshi divizioni 45 mm pushka o‘qlovchisi (82-gvardiya o‘qchi diviziyasi, 8-gvardiya armiyasi, 1-Belorusiya fronti), Varka shahridan (Polsha) janubiy-sharqda, artilleriya yo’naltiruvchisi bilan minamyotdan o‘t ochib dushmanning 2 ta o‘rta tankini yo‘q qiladi va batareya tarkibida dushmanning zirhli texnikasining hujumini qaytarishda ishtirok etadi.
1944-yil 23-avgustdagi 82-gvardiya o‘qchi diviziyasi qo‘mondonining buyrug‘i bilan “Dushman bilan janglarda ko‘rsatgan jasorati uchun”, kichik serjant Jamalov III-darajali “Shuxrat“ ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 14-19-yanvar kunlari Radom (Polsha) shimolidagi dushmanning chuqur eshalonli mudofaasini yorib o‘tishda va Lodz shahrini ozod qilishda 3 ta pulemyotni, 1 ta tankga qarshi orudiyani va 10 dan ortiq dushman askarini yakson qiladi.
8-gvardiya armiyasi 1945-yil 4-martdagi buyrug‘i bilan serjant Jamalov II-darajali “Shuxrat”» ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 29-aprel – 1-may kunlari Berlin uchun o‘tkazilgan ko‘cha janglarida 107-gvardiya qiruvchi – tankga qarshi artilleriya polk (8-alohida-qiruvchi tankka qarshi artilleriya brigadasi, 3-zarbdor armiyasi, 1-Belorusiya fronti) to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘t ochib 2 ta orudiyani yo‘q qiladi, 2 ta pulemyot o‘rnatmasini va vzvodga teng piyodalarini yakson qiladi, o‘z navbatida batareya dushmanning 2 ta qarshi hujumini qaytaradi.
1945-yil 8-iyundagi 3-zarbdor armiyasining buyrug‘i bilan, gvardiya serjanti Jamalov II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan qayta taqdirlangan. 1968-yil 7-iyunda I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1947-yilda zahiraga bo‘shatilgan. Vataniga qaytgan. “Farg‘ona” sovxozida pillachilik bo‘yicha agronom bo‘lib ishlagan. Damqul qishlog‘ida yashagan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI