DASHKOV ALEKSEY ANDREYEVICH

starshina, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Shuhrat ordenining to‘liq sohibi (24.03.1945)

1910-yil 10-aprelda Nefyodovo qishlog‘ida (hozirgi Ryazan viloyati Spasskiy tumani) tug‘ilgan. Boshlang‘ich maktabni tugatgandan so‘ng do‘konda ishlagan. 1941-yilda Dashkov Toshkent viloyati, Orjonikidze tuman harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. 1942-yil fevraldan – Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi.
1944-yil yanvariga qadar kichik serjant Aleksey Dashkov 1-Ukraina fronti 38-armiyasi 155-piyodalar diviziyasi 436-piyoda polkida guruh komandiri bo‘lgan. 1944-yil 28-yanvarda Ukraina SSRning Vinnitsa viloyati, Lipovetskiy tumani, Romanov Xutor qishlog‘i yaqinidagi jangda, Dashkov guruhi asosiy kuchlar kelgunga qadar nemislarning qarshi hujumlarini qaytaradi. Shu jangda Dashkov dushmanning 10 dan ortiq askar va ofitserlarini shaxsan o‘zi yo‘q qiladi. 1944-yil 3-martda III-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yil 14-martda Sipachki shahri uchun jangda Dashkov 4 nafar nemis askarini yo‘q qiladi va yana 4 tasini asir oladi. O‘sha jangda jarohat oladi, ammo jangni davom ettiradi. 1944-yil 15-aprelda Dashkov II-darajali «Shuxrat» ordeni bilan mukofotlanadi.
1944-yil iyul oyiga qadar starshina Dashkov polkning pulemyotchilar vzvodi komandiri bo‘lgan. 1944-yil 22-iyulda uning vzvod Zlota Lipa daryosidan muvaffaqiyatli kechib o‘tib, qanotdan dushmanga hujum qilib, butun batalyonning hujumini muvaffaqiyatli bo‘lishiga hissa qo‘shadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, serjant Aleksey Dashkov I-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yilda Dashkov kasalligi tufayli zahiraga bo‘shatiladi. Minskda yashab, mehnat qilgan. 1997-yil 25-iyunda vafot etgan, Minskning Sharqiy qabristoniga dafn etilgan.
Shuningdek, I-darajali Vatan urushi ordeni va bir qator medallar bilan taqdirlangan.

 

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI