BESPALOV YEFIM PETROVICH

katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, “Shuxrat” ordenining to‘liq sohibi (15.05.1946)

1940-yil 1-oktabr Saratov shaxrining Andreyevka qishlog‘ida dehqonlar oilasida tug‘ilgan. Rus. 1921-yil boshlang‘ich maktabni tamomlagan. To‘rtko‘l (Qoraqolpoq) shaxridagi korxonada zavxoz bo‘lib, shaxar kommunal xo‘jaligida kommunal bo‘limi ish boshqaruvchisi bo‘lib ishlagan.
1942-yil mart oyidan Qizil Armiya safida, shu yildan Ikkinchi jahon urushi frontiga yuborilgan.
1944-yil 19-iyul kuni 364-polkning 45-mm orudiyasi yo‘naltiruvchisi oddiy askar Bespalov Pogorani (Belarussiyaning, Grodnensk viloyati Mostovsk tumani) qishlog‘idagi jangda pulemyot o‘t ochish nuqtasini, zirhli texnikani va 1ts shturm orudiyasini yo‘q qiladi. 1944-yil 7-sentabrda II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yil 3-10 sentabrdagi janglarda Osovets va Lojma (Polsha) yaqinida o‘z hisobi bilan 2 ta zirhli texnikani, 1 ta shturm orudiyasini, yuki bilan 2 ta avtomobilni, 20 dan ko‘proq dushman askarlarini va 6 ta pulemyot o‘t ochish nuqtalarini yo‘q qiladi. 1944-yil 26-oktabr kuni II- darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 19-yanvar Chersk (Polsha) shaxridagi jangda katta serjant Bespalov piyoda qo‘shinlari jangovar tarkibida artilleriya olivi bilan 4 ta pulemyot o‘t ochish nuqtasini yo‘q qilgan.
1945-yil zahiraga bo‘shatilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1946-yil 15-maydagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta serjant Yefim Petrovich Bespalov I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
Saratovga ko‘chib kelgach shaxar shifoxonasida zavxoz, ekspiditor bo‘lib ishlagan. 1996-yil 31-yanvar kuni vafot etgan. Saratov shaxrining O’zbeklar qabristoniga dafn etilgan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI