ABDULLIN MANSUR IDIATOVICH
gvardiya katta serjanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (07.08.1943)
1919-yilning 15-sentabrida Ufa guberniyasi Belebeyev viloyati Sterlitamak tumani (hozirgi Bashkortoston respublikasi Miyakinsk tumani) Qirg‘iz-Miyaki qishlog‘ida tatar dehqon oilasida tug‘ilgan.
1927-yilda Qirg‘iz-Miyakinsk o‘rta maktabiga o‘qishga qabul qilindi, so‘ngra mahalliy kolxozda ishladi. 1937-yilda u O‘zbekiston SSRga ko‘chib keladi va u erda Leninsk shahridagi «Arkabesh» ishchilar artelida (hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Andijon viloyatining Asaka shahri) savodsizlikka qarshi kurashish uchun o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritgan.
1938-yilning avgustida Farg‘ona viloyatidagi Lenin tumani mudofaa ishlar bo‘limi tomonidan Qizil Armiya saflariga xizmatga chaqirilgan.
Urush paytida, 167-gvardiya yengil artilleriya polkining to‘p komandiri lavozimida (Markaziy frontning 70-armiyasi, 1-gvardiya yorib o‘tuvchi artilleriya diviziyasi 3-gvardiya yengil artilleriya brigadasi) Kursk jangida to‘pni mohirona boshqarib dushmanning 8 tankini yo‘q qildi.
1941-yildan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1941-yilning kuzida yarador bo‘lib, davolanishga yuborildi, 1942-yilning iyul oyida sog‘aygach, safga qaytarildi. G‘arbiy, Markaziy, 2-Belorussiya va 1-Belorussiya frontlaridagi janglarda, hamda Smolensk, Stalingrad va Kursk janglarida ham qatnashgan.
1943-yilning 10-iyulida Molotichi qishlog‘ida (Kursk viloyatining Fatej tumani), 167-gvardiya yengil artilleriya polkining orudiya komandiri katta serjant Abdullin dushman hujumini qaytarishda jonbozlik ko‘rsatdi. Uning o‘q otish pozitsiyasiga nemis piyoda askarlari tomonidan 60 ta tank yordamida uch bora hujum qilinib, 150 ta avia bomba tashlandi, hamda bir necha yuzlab snaryadlar va minalar otildi. Shiddatli jang paytida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘t ochish orqali Abdullin 8ta tankni, shu jumladan, 3 ta “Tiger”ni va dushmanning batalon sonicha keladigan piyodalarini yo‘q qildi. Jang paytida Mansur snaryad parchalari bilan jiddiy yaralangan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 7-avgustdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorat va qahramonligi uchun” katta serjant Mansur Idiatovich Abdullin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Abdullin 1944-yilning oktabr oyida davolanishdan so‘ng leytenant unvonida zaxiraga bo‘shatildi va Boshqirdistonga qaytib keldi. 1944-1945 yillarda Boshqird viloyati komitetidagi partiya maktabida o‘qigan. 1949-yilda esa K.T.Timiryazev nomidagi Boshqird pedagogika institutini tamomlagan. Shundan so‘ng, u Sterlibashevo qishlog‘dagi 1-o‘rta maktab direktori, 1956-yildan – Sterlibashevsk tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri bo‘lib ishladi. Keyinchalik Abdullin Ufaga ko‘chib ketdi, u yerda 1962-yilda 109-sonli o‘rta maktab direktori, 1976-yilda esa, 2-maktab-internat direktori bo‘lib ishladi.
Mansur Idiatovich Abdullin 1996-yilning 8-iyunida vafot etgan bo‘lib, Ufadagi “Janubiy” qabristoniga dafn etilgan.