PANFILOV MIXAIL MIXAYLOVICH
serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (26.10.1943)
1915-yil 19-sentabrda Samara viloyati Kinelsk tumanidagi Grachevka qishlog’ida ishchi oilasida tug’ilgan. Duradgor kasbi bilan shug‘ullangan. O’zbekistondagi paxta korxonasida faoliyat yuritgan.
1941-yil avgustda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Shu yildan Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan.
Dasht fronti 7-gvardiya armiyasi 1669 tankka qarshi artilleriya hujum polkining to‘p komandiri serjant Mixail Panfilov Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyati Yuqori Dnepropetrovsk tumani Borodayevka qishlog‘idagi Dnepr daryosining o‘ng qirg‘og‘idagi platsdarmda to‘pni yolg‘iz boshqarib, dushman tanklarining hujumini qaytaradi. Mard-jangchi artilleriyachi yarador bo‘ladi, biroq jang maydonini tark etmaydi. Borodayevka qishlog‘i uchun jangda Dnepr daryosining g‘arbiy qirg‘og‘idagi platsdarmning katta qismini egallash paytida dushmanning to‘rtta katta, ikkita kichik, bitta yengil, bitta “tigr” tanklari serjant Panfilovning o‘t ochish joyi tomonga harakatlanardi. To‘p komandiri ularning 150-200 metr masofaga yaqin kelishlariga imkon berdi. Bir necha mohir zarbalar yordamida yengil va kichik tanklar harakatdan to‘xtatildi, “tigr” esa harakatlanishda davom etardi. Shu zahoti to‘p komandiri fugas snaryadlar bilan zarba berdi va hujum qaytarildi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 26-oktyabrdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, serjant MIxail Mixailovich Panfilov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urushdan so‘ng M.M.Panfilov demobilizatsiya qilingan. Samarqanddagi mebel korxonasida duradgor bo‘lib ishlagan. 1979-yil 1-iyulda vafot etgan. Samarqanddagi “Markaziy” qabristoniga dafn etilgan.