KAPITONOV MIXAIL MIXAYLOVICH
polkovnik Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi,  Shuxrat ordenining to‘liq sohibi (23.03.1963)

 1926-yil 13-sentabrda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. Rus.

Salyan shahrida (Ozarbayjon) yashagan, 1941-yilda 7-sinfni tamomlagan. Baku dengiz bilim yurtida o‘qishga kiradi, lekin oilaviy sabablarga ko‘ra qoldirishga majbur bo‘lgan.
Chilangar mutaxassisligini olganidan so‘ng Kuybishev shahridagi (hozirgi Samara) “Krasny Dvigatel” zavodida, keyin Samarqandga evakuatsiya qilingan zavodda ishlaydi va 1943-yil iyunda Qizil Armiyaga ixtiyoriy ravishda xizmatga ketadi.

O‘sha yilning avgustidan Ikkinchi jahon urushi frontda. Deyarli barcha jangovar yo‘lni 9-plastun oqchi diviziyasi 193-plastun o‘qchi polkining razvedkachisi bo‘lib bosib o‘tagan. 1944-yil 25-aprelda Chernivtsi shahridan (Ukraina) shimoli-g‘arbda Kapitonov razvedka qilib, bir guruh dushman askarlarini aniqlaydi va ularning qanotlariga o‘tib, to‘satdan o‘t ochib, 8 ta dushmanni yo‘q qiladi.
29 aprel kuni razvedka guruhi tarkibida, shu hududda razvedka ishlarini olib borayotganida, vzvod tarkibiga teng nemislarni aniqlaydi, bu haqda komandirga o‘z vaqtida xabar berdib, jangga kirishadi va 4 nafar askarni o‘ldiradi.
1944-yil 14-iyundagi buyrug‘i bilan oddiy askari Kapitonov Mixail Mixaylovich III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlanadi.
1943-yil 17-martda rota bilan Ujgorod shahridagi (Chexoslovakiya, 1945 yildan – Ukraina) 871-piyoda polkiga (276-o‘oqchi diviziyasi, 4-chi Ukraina fronti) keladi va rotaga o‘qchi etib tayinlanadi.

1944-yil 11-13-dekabr kunlari 871-piyoda polkining piyoda razvedkasi vzvodi oddiy askari Kapitonov razvedka ishlarini olib borib, dushmanning o‘t ochish joylarini aniqlaysh vazifalarini muvaffaqiyatli bajaradi. Dargov aholi yashsh punkti yaqinida (Chexoslovakiya, Mixalovce shahridan 24 km g‘arbda) fashistlar turgan joyga yaqinlashib boradi va jangga kirishib, dushmanlarning o‘t ochish nuqtalari va mudofaa chizig‘ining old qismini anqlaydi. Shu jangda jiddiy yaralanadi, ammo jang maydonini tark etmaydi. 4 oyni kasalxonada o‘tkazadi va polkka qaytmaydi, mukofot haqida bilmaydi.
1945-yil 28-yanvar buyrug‘iga binoan oddiy askar Kapitonov Mixail Mixaylovich III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan (takroran).
1945-yil 14-aprelda davolanishdan so‘ng, Kapitonov Moravsk-Ostrava yaqinidagi Chexiya o‘rmonlarida joylashgan 193-plastun polkining razvedka vzvodiga keladi. Razvedkachilar kun davomida oddiy jangchilar safida janglarda qatnashib, tunda dushman pozitsiyalarini razvedka qilishga kirishardilar.
1945-yil 23-aprelda serjant Kapitonov Skrjipov aholi yashash punkiti hududida (Chexoslovakiya, Opava shahridan 12 km janubda) dozor boshida bo‘lib, bo‘linmaning ort qismiga o‘tish harakat qilgan nemislar bilan jangga kirishib, ulardan 6 tasini yo‘q qiladi. Kapitonov dozor jangchilari bilan 2 ta pulemyotni va 8 ta dushman avtomatini qo‘lga kiritadi.
27-aprelda razvedkachilar guruhi jangda, o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, komandirni xavfdan qutqarib qoladi. So‘nggi janglarning birida kontuziya oladi va yana gospitalga tushadi.
1945-yil 24-iyundagi buyrug‘iga binoan oddiy askari Kapitonov Mixail Mixaylovich III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlanadi (uchinchi marta).

Urushdan keyin armiyada xizmat qilishni davom ettirdi.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1963-yil 23-martdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, Mixail Kapitonov I va II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1986-yil dekabrdan polkovnik Kapitonov nafaqaga chiqqan. Ryazan shahrida yashagan.
1995-yil 20-fevralda vafot etgan. Ryazandagi qayg‘uli qabristonga dafn qilingan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI