SHUVAYEV ALEKSANDR IOSIFOVICH

gvardiya kapitani, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (17.10.1943)

1917-yil 8-iyunda Toshkentda ishchi oilasida tug‘ilgan. Turkmanistonning Qizil-Arvat shahrida temir yo‘l kasalxonasida hisobchi bo‘lib ishlagan.
1942-yil martda Qizil-Arvat shahar harbiy komisarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1942-yilda Xarkov harbiy-siyosiy bilim yurtini tugatgandan so‘ng, frontga yuborilgan.
Kurskni ozod qilishda jangovar xizmatlari uchun rota komandirining yordamchisi leytenant Shuvayev “Qizil yulduz” ordeni bilan taqdirlangan.
248-alohida kursantlar o‘qchi brigadasining 2-o‘qchi batalyoni komandirining siyosiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari (60-Armiya, Markaziy front) kapitani Shuvayev 1943-yil sentabrda Dnepr daryosini kechib o‘tishda jonbozlik ko‘rsatgan. Platsdarmni kengaytirish uchun olib borilgan janglarda yaralangan batalyon komandirini almashtirib, dushmanning qarshi hujumlarini qaytaradi, bu nafaqat daryoni kechib utishga, balki brigadaning barcha bolinmalarni platsdarmga mustahkam joylashib olishga va mudofaani ushlab qolishga imkon yaratadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 17-oktabrdagi Farmoni bilan “Kiyevning shimolida Dnepr daryosini muvaffaqiyatli kechib o‘tishda, Dneper daryosining o‘ng qirg‘og‘ida platsdarmga mustahkam joylashib olishga, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kapitan Shuvayev Aleksandr Iosifovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1946-yildan – zaxirada. Moskvada yashagan. Salyut zavodida iqtisodchi bo‘lib ishlagan.
1975-yil 10-iyulda vafot etgan. Moskvadagi Perovskiy qabristoniga dafn qilingan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA UCHUN" MEDALI