LOBANOV EVGENIY ALEKSANDROVICH

Gvardiya kapitani, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (01.22.1944)

1916-yil 5-yanvarda Pavlovskiy Posad shahrida (hozirgi – Moskva viloyati) tug‘ilgan. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining fakultetini tamomlagan. 1935-yilda Lobanov Qizil Armiyaga xizmatga chaqirilgan. 1938-yilda Yeisk dengiz-aviatsiya maktabini bitirgan. 1941-yil iyundan – Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan.
1943-yil noyabrga qadar HHK Qora dengiz flotining 1-chi mina-torpeda aviatsiya diviziyasi 5-chi gvardiya mina-torpeda aviatsiya polka eskadrilya komandiri bo‘lgan.
Bu vaqtga kelib, dengiz portlari va bazalarini bombardimon qilish, havo kemalarini razvedka qilish, Sovet kemalarini kuzatib boorish va Qrim partizanlariga qurol-aslaha yetkazib berish uchun 235 ta jangovor parvozni amalga oshirgan edi. Shaxsan dushmanning 7 ta transport vositasini cho‘ktirgan, 2 ta dushman samolyotini urib tushirgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22-yanvardagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya kapitani Yevgeny Aleksandrovich Lobanov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1946-yilda Lobanov xizmatdan bo‘shatilgan. Toshkentda yashab, mehnat qilgan.
1974-yil 18-fevralda vafot etgan, Toshkentda dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA UCHUN" MEDALI

"ODESSA MUDOFAASI UCHUN" MEDALI​

"SEVASTOPOL MUDOFAASI UCHUN" MEDALI​

"KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN" MEDALI​