SHLYAPIN GENNADIY FADEYEVICH

mayor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (22.07.1944)

 

1912-yil Qozog‘stonning Qizilo’rda viloyatidagi Kazalinsk shahrida tug‘ilgan.
Qishloq xo‘jalik sanoat texnikumini tamomlagan. Kazalinskaya MTSda, keyin Osoaviahida viloyat kengashida ishlagan. 1934-1936yy, 1939chi va 1940chi yillarda Qizil Armiya safida xizmat qilgan. 1941-yilda Toshkent harbiy piyoda maktabini tamomlagan.
Ikkinchi jahon urushining dastlabki kunlarida bir guruh ko‘ngilli-komandirlar bilan G.F.Shlyapin frontga jo‘naydi. Urushni kichik leytenant unvonida boshlab, gvardiya polkovnigi unvonida tugatgan.
196-gvardiya o‘qchilar polki komandiri (1-Boltiqbo‘yi fronti, 6-gvardiya armiyasi, 67-gvardiya o‘qchilar diviziyasi) gvardiya mayori Shlyapin, operatsiya davomida jonbozlik ko‘rsatadi. 1944-yilning 23-24-iyun kunlari uning polki Zabore qishlog‘ida (Vitebsk viloyatining Sirotinskiy tumani) joylashgan kuchli mustahkamlangan dushman mudofaasini yorib kiradi va Vitebsk-Polotsk temir yo‘lini to‘sib qo‘yadi. Qo‘lbola tayyorlangan vositalardan foydalanib, Uzreche qishlog‘i (Beshenkovichi tumani) yaqinida G‘arbiy Dvinani kechib o‘tadi va platsdarmdan dushmanni ta’qib qilishga kirishadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22 iyulidagi Farmoni bilan Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun mayor Gennadiy Fadeyevich Shlyapin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Kazalinsk va Toshkentda yashab, mehnat qilgan. 1970-yil 13-avgustida vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"LENIN" ORDENI

"1,2,3-DARAJALI KUTUZOV" ORDENI

"1,2,3-DARAJALI BOGDAN XMELNITSKIY" ORDENI

"1,2-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI