KORNEYKO VASILIY XARITONOVICH
 kichik leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (27.03.1944)

1924-yil Yurchenkovo qishlog‘ida (hozirgi Xarkov viloyatining Chuguevskiy tumani) tug‘ilgan. Maktabning 9-sinfini tugatgan.
1942-yilning oktabr oyida Qizil Armiya safiga xizmatiga chaqirilgan.
Ikkinchi jaxon urushida 3-Ukraina fronti 37-armiyasi 20-gvardiya o‘qchilar diviziyasi 60-gvardiya o‘qchilar polki pulemyotchilar vzvodiga komandirlik qilgan. 1943-yilning yozida Xarkovda jangda yarador bo‘ladi.
1944-yilning martida Janubiy Bugni daryosini kechib o‘tishda jonbozlik ko‘rsatadi.
1944-yilning 25-26-martga o‘tar kechasi u Ukraina SSRning Nikolayev viloyati Voznesenskiy tumani Natygailovka qishlog‘i yaqinida Janubiy Bugni kechib o‘tadi va uning g‘arbiy sohilidagi platsdarmni egallash va ushlab turish uchun janglarda faol qatnashadi. Ikki kun davomida mudofaani saqlab, ko‘plab dushman askar va ofitserlarni yo‘q qiladi. 1944-yil 27-martda jangda halok bo‘ladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 10-martdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kichik leytenant Korneyko Vasiliy Xaritonovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI