“Yangi O‘zbekiston bog‘i va Mustaqillik monumenti” yubiley esdalik sovg‘asi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- yil 29- apreldagi PQ–229- sonli “9- may xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga va mehnat faxriylariga taqdim etish uchun ta’sis etilgan.

“Yangi O‘zbekiston bog‘i va Mustaqillik monumenti” yubiley esdalik sovg‘asi  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyiga Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 77 yilligi munosabati bilan taqdim etilgan.

Ushbu esdalik sovg‘aning mazmuni milliy davlatchiligimiz tarixi xalqimizning bugungi intilishlari va Uchinchi Renessans maqsadlarini o‘zida mujassam etadi hamda  O‘zbekistonning 3 ming yillik tarixini, ajdodlarning buyuk ishlarini, xalqning milliy o‘zligini, O‘zbekistonning yangi qiyofasini  namoyon etadi.

“Yangi O‘zbekiston bog‘i va Mustaqillik monumenti” yubiley esdalik sovg‘asi markaziy qismida  Mustaqillik monumenti “Yangi O‘zbekiston” bog‘ining markaziy qismida joylashgan monument bo‘lib, unda Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va bugungi kunini aks ettiruvchi barelyeflar yasalgan. Eng yuqori qismida humo qushi ko‘rinishidagi installyatsiya o‘rnatilgan. Asarning xom ashyosi hind marmaridan va latundan ishlangan bo‘lib, balandligi 36 sm eni 37,5sm tashkil etadi.