PONOMARYOV PAVEL SERGEEVICH

kapitan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (22.02.1944)

1924-yil 22-yanvarda Turkiston ASSR, Jetishu viloyati Belovodskoye qishlog‘ida (Qirg‘iziston Respublikasi Chuy viloyatining Moskva tumanining ma’muriy markazi) dehqon oilasida tug‘ilgan. Rus. To‘liqsiz o‘rta ta’lim olgan. Maktabdan so‘ng Frunze shahriga ko‘chib o‘tgan. 1941-yilda zavod-fabrika o‘qitish maktabini tugatgan. Muddatli harbiy xizmatga qadar Frunze go‘shtni qayta ishlash zavodida ishlagan. Shu bilan birga, Osoaviahim tasarrufidagi aloqachilar kursini o‘qigan.
1943-yildan Qizil Armiya safida. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Cho‘l frontining 37-armiyasi 110-gvardiya o‘qchi diviziyasi 307-gvardiya o‘qchi polki 45 millimetrli orudiyasi yo‘naltiruvchisi bo‘lgan. Poltava-Kremenchug operatsiyasida qatnashgan, 1943-yilning 30-sentabridan 1-oktyabriga o‘tar kechasi Ukraina SSRning, Kirovograd viloyati, Onufrievskiy tumani, Kutsevolovka qishlog‘ida Dneprni kechib o‘tgan. Dneprning o‘ng qirg‘og‘ida plarsdarmdagi janglarda alohida jonbozlik ko‘rsatgan.
Dnepr jangida Ponomarev xizmat qilgan orudiya hisobi samarali va aniq o‘t ochishi bilan piyoda bo‘linmalarini dushmanning qarshi hujumlarini qaytarishda va egallangan platsdarmni kengaytirishda qo‘llab-quvvatlab turdi.1943-yilning 3-oktyabrida 158.4-balandlik uchun jangda, dushmanning og‘ir pulemyotining olovidan 307-gvardiya o‘qchi polkining hujumi to‘htatib qoladi.
Hayotini xavf ostiga qo‘yib orudiyasini ochiq joyga chiqaradi va birinchi o‘q bilan dushmanning o‘q otish nuqtasini yo‘q qiladi va piyodalarning hujumiga yo‘l ochib beradi. Shu kuni, dushmanning qarshi hujumini qaytarishda 1 ta tankni va mashinani yo‘q qiladi. 1943-yil7-oktabrda nemislar 177.0 balandlikda, 10 ta tank yordamida qarshi hujumga o‘tadi, jangda artilleriyachi piyodalarni ortga chekinishga majbur qiladi.
Tanklarni 150-200 metrga yaqin kelishiga qo‘yib berib, aniq o‘t ochish bilan birinchi kelayotgan tankni, so‘ngra yana 2 ta tankni yakson qilib, qolganlarini chekinishga majbur qiladi, dushmanning qarshi hujumini barbod qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22-fevraldagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kapitan Pavel Sergeevich Ponomaryov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1976-yil dekabrda kapitan unvoni bilan zaxiraga bo‘shatilgan. Toshkent shahrida yashagan. 1990-yilda vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI