YUFIMOV IVAN STEPANOVICH

serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (13.10.1944)

1922-yil11-dekabrda Siresi qishlog‘ida (hozirgi-Ulyanovsk viloyatining Surtumanida) tug‘ilgan. 4-sinfni tugatgach, kolxozda ishlagan.
1941-yildan Qizil Armiya safida. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 1941-yilning kuzidan 350-alohida qiruvchi-tankka qarshi artilleriya diviziyasida orudiya komandiri bo‘lgan.
1943-yil dekabrda Cherkasy shahri, Zadniprovskiy platsdarmidagi janglarda, nemislarning qarshi hujumida, o‘q ochish uchun o‘zining hisobini kerakli masofaga joylashtiradi. Jangda Ivan Yufimov hisobi 3 ta tank, zirhli transport vositasi va 2 ta o‘q otish nuqtasini yakson qiladi.
1944-yil 5-aprelda Ruminiyaning Chuja Vodaaholi yashash punkiti hududida katta serjant Ivan Yufimovning hisobi batareya tarkibida nemislarning 9 ta qarshi hujumini qaytaradi. O‘t ochish uchun qulay pozitsiyalarni tanlab, IvanYufin hisobi 3 ta tankni, 4 ta zirhli transport vositasini, 3 ta orudiyani, 9 ta pulemyotni yo‘q qiladi va natijada egallagan chiziqni saqlab qoladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 13-sentabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, serjant Stepanovich Yufimov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Starshina unvonida zahiraga bo‘shatilgan, Toshkentda yashagan va mehnat qilgan. 1984-yil 25-iyunda vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI