YOQUBOV USMON
gvardiya yefreytori, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (22.07.1944).

1911-yil 8 (21)-avgustda hozirgi Andijon viloyati Andijon tuminining Nayman qishlog’ida tug’ilgan. Qirg’iz. Boshlang’ich ta’limga ega. 1926-yildan Qirg’izistonning O’sh viloyati, hozirgi Qorasuv tumanidagi Tug‘uz-Buloq qishlog’ida yashagan. Jamoa xo‘jaligida va Otuz-Odir kanali qurilishida ishlagan.
1941-yil dekabrda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1942-yil yanvardan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1944-yil yozda 1-Boltiqbo‘yi frontining 6-gvardiya armiyasi 67-gvardiya o‘qchi diviziyasining 201-o‘qchi polki tarkibida jang qilgan. Belorussiyani ozod qilish uchun janglarda jonbozlik ko‘rsatgan.
1944-yil 22-iyunda Orex qishlog’i (Belarussiyaning Vitebsk viloyati) yaqinidagi jangda gvardiyachi yefreytor Yoqubov razvedka paytida birinchi bo’lib dushmanning xandaqiga kiradi. Pulemyot o‘qlari uning harakatiga to‘sqinlik qiladi, lekin dushman pulemyoti hisobi tomonga granata uloqtirib uni yakson qiladi. O’q otish nuqtasi yo‘q qilingach hujum davom etadi. O’sha jangda Usmon Yoqubov dushman bilan bo‘lgan jangda halok bo’ladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22-iyuldagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya yefreytori Yoqubov Osmon gvardiya vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
U Orex qishlog’i yaqinidagi jang maydonida dafn qilindi va keyinchalik Shumilin tumani Tropino qishlog’idagi birodarlik qabristoniga qayta dafn qilinadi.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

«JASORATI UCHUN» MEDALI