YO’LDOSHEV FAYZULLA
katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (29.10.1943)
1912-yil 2-sentabrda Turkiston shahrida (Qozog‘istonning hozirgi Janubiy Qozog‘iston viloyati) dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘zbek.
Samarqand pedagogika texnikumi va Toshkent o‘qituvchilar institutini tamomlagan. O‘qituvchi, maktab direktori bo‘lib ishlagan.
Qizil Armiya safiga 1942-yil iyun oyida Qozoq SSR Yankobod okrugi harbiy komissaryati tomonidan chaqirilgan. 1942-yil oktabrdan Ikkinchi jahon urushida qatnashgan.
42-o‘qchi polki guruh komandiri (Voronej fronti,38-armiya,180-o‘qchi diviziyasi,) katta serjant Fayzulla Yuldashev 1943-yil 27-sentabrga o‘tar kechasi, birinchi desantchilar guruhi tarkibida Ukraina poytaxtidan shimolroqda joylashgan Kiev viloyatining Vishgorodskiy tumanidagi Novye Petrovtsy qishlog‘i hududida Dneper daryosining o‘ng qirg‘og‘iga kechib o‘tadi.
Katta serjant Yuldashev o‘zining bo‘linmasi bilan platsdarmni qo‘lga kiritish va ushlab turish vazifasini bajarishda jasorat va qat’iylik ko‘rsatadi. Razvedkada ishtirok etib, dushman haqida qimmatli ma’lumotlarni to‘playdi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 29-oktabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko’rsatgan jasorati va qahramonligi uchun» serjant Yuldashev Fayzulla Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1991-yilda vafot etgan. U Irvadan qishlog‘ida dafn etilgan.