YEFIMENKO GRIGORIY ROMANOVICH

mayor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.03.1945)

1919-yil 20-noyabrda Sazda qishlog’ida (hozirgi Orenburg viloyatining Akbulak tumani) tug’ilgan. 1939-yilda qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash maktabini tugatdi, so‘ngra jamoa xo‘jaligida kombaynchi bo’lib ishladi. 1942-yil yanvarda Namangan viloyati Pop tumani komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan va Shu yilning mart oyidan Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. 1943-yilda kichik leytenantlar kurslarini tamomlagan. 1944-yil iyul oyiga qadar 1-Belorussiya fronti 69-armiyasi 41-o‘qchi diviziyasi 244-o‘qchi polkining o‘qchilar vzvod komandiri bo‘lgan. G’arbiy Bug‘ daryosini kechib o‘tish paytidagi jangda jonbozlik ko‘rsatadi.
1944-yil 21-iyulda 17 nafar jangchi bilan G’arbiy Bug‘ daryosini kechib o‘tib, Polsha xududidagi Dubenko qishlog’ining chekkasidagi dushmanning xandaqini qo‘lga kiritadi. Nemis qo‘shinlari bir nechta qarshi hujumlarni amalga oshiradi, ammo ularning barchasi bartaraf etiladi. Uning guruhi 100 dan ortiq dushman askar va ofitserlarini yo’q qilib, asosiy kuchlar kelgunicha egallangan platsdarmni qo‘ldan boy bermaydi.
kichik leytenant Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlanadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, mayor Grigoriy Romanovich Yefimenko Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1984-yil 29-dekabrda vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"2-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

«JASORATI UCHUN» MEDALI