YAKUBOVSKIY ISROIL SEMYONOVICH
kichik leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (16.05.1944)
1924-yil 26-oktyabrda Cherkasy shahrida ishchilar oilasida tug‘ilgan. Yahudiy. O‘rta maktabning 9-sinfini tugatgan. Mashinasozlik zavodida chilangar bo‘lib ishlagan.
1942-yilda Samarqand harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1943-yilda Toshkent pulemyotchilar bilim yurtini tamomlagan. 1943-yil sentabrdan Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. Shimoliy Kavkaz frontida jang qilgan.
1943-yil 2-noyabrda 6-gvardiya o‘qchilar polki, dushman tomonidan egallangan Kerch yarim oroliga desant tushirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Desant tushirish vaqtida buyruq oladi. Tankga qarshi qurollar vzvodi va ikkita avtomatchilar guruhi dushmanning o‘q otish nuqtalarini yo‘q qilishi kerak edi.
Artilleriya va minomyotlarning kuchli hujumi desantchilarni to‘xtata olmaydi, guruh qirg‘oqqa tushadi va Jukovka qishlog‘i yaqinidagi platsdarmni egallaydi. Tuni bilan platsdarmni ushlab turish uchun jang bo‘ladi. Ertalab dushman kuchli o‘t ochish bilan desantchilarni oldinga harakatlanishini to‘xtatadi. Otishma tugar tugamas fashistlar desantchilarga qarshi hujum boshlaydi. Askarlar jangni davom ettirib, hujumni qaytaradi. Nemislar yana “ruhiy hujum”ni boshlaydilar, bu hujum ham qaytariladi.
Nemislar to‘rtinchi bor hujumga o‘tganida, uyqusiz tun va bir necha soat janglardan charchagan jangchilar chekinishni boshlaydi. Shunda I.S.Yakubovskiy o‘rnidan turib, qo‘lida to‘pponcha bilan “Gvardiyachilar! Vatan uchun! Olg‘a!” deb, dushman tomonga otiladi.
Komandirning harakatlari jangchilarni ruhlantiradi va o‘rnidan turib, unga ergashadi. Vaziyat tiklanib, hujum qaytariladi.
1944-yil 10-aprelda Mogilev viloyati Bixovskiy tumani Smolitsa qishlog‘i yaqinidagi jangda halok bo‘ladi va o‘sha joyga dafn etiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 16-maydagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kichik leytenant Isroil Semyonovich Yakubovskiy Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.