XUSANOV ZIYOMAT USMONOVICH
gvardiya serjanti Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (22.02.1944)
1921-yil 9-mayda Chimkent viloyatining Sayram qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘zbek. Toshkentda ulg‘aygan, 7 yillik maktabni tugatgach, Toshkent pedagogika texnikumini tamomlagan.
1940-yil oktabrda Qizil Armiya safiga chaqirilgan, Ikkinchi Jahon urushi boshlanishida aviatsiya maktabiga yuborilgan va shturman kasbiga o‘qigan.
1942-yil may oyidan frontda – o‘qchi polkida jang qilgan. Stalingrad janglarida yaralangan. Gospitalda davolangandan so‘ng, frontga armiya safiga yuborilgan.
1943-yil 5-iyul kuni Kursk jangining birinchi kunida 228-gvardiya o‘qchi polklari Belgorod ostonasida nemislarning hujum yunalishiga to‘g‘ri kelib qo‘lgan. O‘qchi batalonning birinchi mudofaa chizig‘idagi pozitsiyalarga dushmanning artilleriya tayyorgarligi (olovi) va havo hujumidan so‘ng, nemis piyodalari 20 ta tank va 8 ta o‘ziyurar artilleriya uskunasi yordamida hujumga o‘tadi.
O‘qchi batalyon Dalnii Peski qishlog‘i yaqinida jang olib borayotgan. 2 ta safdoshi bilan balandlikdagi pozitsiyada o‘rnatma pulemetidan o‘t jchib, nemis piyodalarining hujumini sekinlatib, o‘z rotasini chekinishini pana himoyalab turgan. Yo‘nidagi 2 ta safdoshi halok bo‘lgach, jangni yolg‘iz jangni davom ettiradi. Patronlarni otib tugatgach, transheyadan qo‘lida granata bilan dushmanga tashlanadi va granata portlaydi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22-fevraldagi Farmoni bilan “Jangda ko‘rsatgan jasorati va qat’iyatliligi uchun”, Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan (o‘limdan so‘ng).
Ammo tirik qoladi va jiddiy yaralanib, asirga olingan.
1944-yil harbiy asirlar lagerida, qochish maqsadida, nemislar tomonidan tuzilgan “Turkiston legion” ga qo‘shilishga qaror qiladi, lekin bo‘linma Sharqiy frontga emas, Yugoslaviyaga yuborilgan.
1944-yil 15-mayda 27 ta boshqa legionerlar bilan birga, qurollari bilan partizanlarga qo‘shiladi. Internatsional partizan batalyoni tarkibida jang qilgan.
Janglarning birida qanotdan dushmanning pozitsiyasini aylanib o‘tib, pulemyotchini yo‘q qiladi va qo‘lga kiritgan pulemyotdan dushmanga qarata o‘t ochadi, ammo yaqinida portlagan minomyot minasining parchalaridan yaralanadi. Jangdan so‘ng, uni mahalliy Chernogoriya fuqarosi topib oladi va biro z vaqtdan so‘ng, qayiq bilan Turindagi partizan gospitaliga (Italiyaning shimoliy qismida) yuborilgan. Davolanish bir yilga cho‘ziladi va 4 ta jarrohlik operatsiyasini o‘tkazadi.
1945-yil 9-maydan keyin SSSRga qaytgan, Odessa dengiz portiga kelgan, lekin ilgari nemislarga xizmat qilgan xoinlardan birining ko‘rsatmasiga ko‘ra hibsga olingan.
1948-yilda ozod qilingan, lekin SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1952-yil 28-iyundagi Farmoni bilan Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonidan mahrum qilingan.
O‘zi tug‘ilib o‘sgan Sairam qishlog‘ida M.I.Kalinin nomidagi o‘rta maktabda o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.
1960-yillarning oxirida 25-o‘qchi korpusning sobiq komandiri, Sovet Ittifoqi Qahramoni, general-leytenant G.B.Safiulin Sovet Ittifoqi Qahramoni N.N.Nugayev haykalining ochilish marosimiga Shahrisabz shahriga kelgan. General halok bo‘lgan deb hisoblagan Z.Xusanovning qahramonligi to‘g‘risida aytib berganida mahalliy aholidan biri, generalga Xusanovni tirikligini va Sayram qishlog‘ida yashayotganini aytgan. Z.Xusanov bilan uchrashuvdan keyin general G.B.Safiulin adolatni tiklashga kirishgan.
Ma’lumotlarni qidirishga bir necha yuz kishi ishtirok etgan: SSSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari, sobiq safdoshlari, SSSR Mudofaa vazirligi va SSSR Oliy Kengashining xodimlari, Sovet urush faxriylari qo‘mitasi, hatto Bolgariya Xalq Respublikasi muzeyi va arxivlari.
Haqiqat g‘alaba qozonadi va SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1968-yil 13-fevraldagi Farmoni bilan Z.Xusanovga Qahramon unvoni qaytarib beriladi.
1986-yil 18-yanvarda vafot etgan, o‘z qishlog‘ida dafn qilingan.