GRIGORIY IVANOVICH VAXONIN

 katta serjant, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (15.01.1944)

1919-yilning 25-mayida Yanovo qishlog‘ida (hozirgi – Oltoy o‘lkasining Zarinskiy tumani) dehqon oilasida tug‘ilgan. Maktabning 4-sinfini tugatgan, kolxozda ishlagan. 1939-yilda Qizil Armiyaga xizmatga chaqirilgan.

1941-yilning dekabrdan Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan. Divizion razvetkasida jang qilgan, bir necha bor razvetkaga borgan va qimmatli ma’lumotlarni qo‘lga kiritgan.

1943-yilning sentabrgacha Markaziy frontning 61-armiyasi 356-o‘qchi diviziyasi 417-alohida razvedka rotasining vzvod komandiri yordamchisi bo‘lgan. Ukraina SSRni ozod qilishda va Dnepr uchun jangda jonbozlik ko‘rsatgan.

1943-yilning 29-sentyabrida Chernigov viloyati Repki tumanidagi Radul qishlog‘i hududida Vaxonin guruhi kutilmaganda dushman otryadiga ort tarafidan zarba berib, 20 nafar askar va ofitserni yo‘q qiladi va 5 ta «til» ni asirga oladi.

1943-yilning 1-oktyabrida Dneprdan yashirincha o‘tib, dushmanning orqasiga o‘tadi, daryodan kechib o‘tayotgan Sovet qo‘shinlarini o‘qqa tutayotgan ikkita o‘q nuqtasini yo‘q qiladi. Dneprning g‘arbiy sohilidagi platsdarmda bo‘lgan janglarda faol qatnashgan va 30 dan ortiq dushman askarlari va ofitserlarini yakson qilgan.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yilning 15-yanvardagi Farmoniga binoan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta serjant Grigoriy Ivanovich Vaxonin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

1944-yilning oktabrida jiddiy jarohatdan so‘ng safdan chiqarilgan. Vataniga qaytib kelgan, Yanovo shahridagi selpo raisi bo‘lib ishlagan. Keyinchalik O‘zbekiston SSRga ko‘chib kelgan va Farg‘ona viloyati umumiy ovqatlanish bo‘limida ishlagan. 1965-yildan beri Qozog‘iston SSR Semipalatinsk shahrida yashab, mehnat qilgan.

1973-yilning 24-fevralida vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI