TUMASHKIN MIXAIL TIMOFEYEVICH

katta leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (03.07.1944)

1918-yil 19-noyabrda Ulyanov viloyati Kuzovatov tumani Tomilovo qishlog‘ida tug‘ilgan. Mordvin. 1936-yilda Toshkent paravozsozlik texnikumini tamomlagan. Toshkent temir yo‘li Xovost bekatida paravoz mashinistining yordamchisi bo‘lib faoliyat yuritgan.
1939-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1941-yilda Irkutsk harbiy-muxandislik bilim yurtini tamomlagan. 1941-yilning iyunidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 182-alohida motorlashtirilgan muxandislik batal’oniningrota komandiri katta leytenant Tumakshin Dnepr daryosidan kechib o‘tishda alohida jonbozlik ko‘rsatadi.
1943-yil sentabr oyi yakuni, oktyabr oyining boshida, Svaromye aholi yashash punkti hududida Dnepr daryosidan kechib o‘tishda, katta leytenant Tumakshin kechuv joyidan kechib o‘tishni mohirona tashkil qiladi va qo‘shinlarning platsdarmga joylashishlarini ta’minlaydi. So‘ngra daryo ustidan ko‘prik qurilishiga boshchilik qilib, mazkur ko‘prikni muddatidan 11 kundan avval foydalanishga topshiradi.
Dushman aviatsiyasining hujmlaridan birida Tumakshin boshidan og‘ir yaralandi. 1943-yil 5-oktabrda batal’onning sanitar tibbiyot punktida vafot etadi.
Kozlitsi qishlog‘iga dafn etilgan, urushdan so‘ng Kiyev viloyatining Pereyaslav-Xmelnitskiy shahri hiyoboniga qayta dafn etilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 3-iyundagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta leytenant Mixail Timofeyevich Tumakshin vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI