TROFIMENKO SERGEY GEORGIYEVICH

general-leytenant, Sovet-Fin va Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (13.09.1944)

1899-yil 10 (22) -sentabrda Revny qishlog‘ida (hozirgi Bryansk viloyatining Navlinskiy tumani) ishchi oilasida tug‘ilgan. 20-asrning boshlarida oila Bryansk yaqinidagi Lgovskiy qishlog‘iga ko‘chib o‘tadi. Otasi vafotidan so‘ng, 10 yoshidan boshlab, Bryansk-II lokomotiv deposida etkazib berish bo‘yicha mutaxassis, bug lokomotivlarini tozalash va chilangar sifatida ish boshlagan. O‘rta maktabni va Bryanskdagi 2 yillik temir yo‘l maktabini tamomlagan.
1917-yildagi Bryanskdagi inqilobiy harakatlarda faol qatnashgan, depoda komsomollar bo‘limining tashkilotchilaridan biri bo‘lgan. 1919-yilda Qizil Armiya safiga qo‘shilgan.
Fuqarolar urushida 14-armiyaning 41-o‘qchi diviziyasida xizmat qilgan. Janubiy, Janubiy-G‘arbiy, G‘arbiy frontlarda A.I. Denikin, S.V.Petlyura, Yu.Pilsudskiy qo‘shinlariga qarshi jang qilgan.
1923-yil sentabrdan pulemyot komandasi boshlig‘i, 1924-yil fevraldan – Ukraina harbiy okrugining 44-o‘qchi diviziyasining 132-Donetsk o‘qchi polkining harbiy komissari bo‘lgan. 1926-yilda “Vistrel” kurslarini tugatgan. 1926-yil sentabrdan – Ukraina harbiy okrugining 45-o‘qchi diviziyasining 7-Kavkaz (133-o‘qchi, 135-o‘qchi) polk komandiri. 1932-yilda M.V.Frunya nomidagi Harbiy akademiyani tamomlagan. 1932-yil maydan – Volga harbiy okrugining 61-o‘qchi polkning shtab boshlig‘i, 1935-yil dekabrdan – Privoljsk 1-chi (tezkor) bo‘limi shtabi boshlig‘i, 1937-yil iyundan – Kiyev harbiy okruglarida. 1937-yilda Bosh shtab akademiyasini tamomlagan. 1938-yil iyuldan – Jitomir armiyasi kuchlari guruhining shtab boshlig‘i, 1939-yil sentabrdan – Kiyev maxsus harbiy okrugining 5-armiyasi shtab boshlig‘i.
Sovet-Finlyandiya urushida, 1939-yil sentabr oyida 7-Armiya shtab boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida G‘arbiy Ukrainada ozod qilish harakatlarida qatnashgan. 1940-yil avgustda Shimoliy Kavkazda shtab boshlig‘i, 1941-yil yanvaridan O‘rta Osiyo harbiy okrugi qo‘shinlar qo‘mondoni. Ikkinchi Jahon urushi boshlanishi bilan okrugini va bir vaqinti o‘zida 1941-yil avgustdan oktabrgacha okrugda tuzilgan – O‘rta Osiyoda SSSR chegaralarini qo‘riqlagan va Eron operatsiyasida qatnashgan 53-armiyani boshqarishni davom ettirgan.
Kareliyadagi mudofaa janglarida, Demian operatsiyasida, Kursk jangi va Belgorod-Xarkov operatsiyalarida, Ukrainani ozod qilishda, Yassi-Kishinev, Debretsen, Budapesht, Balaton, Vena va Gratsko-Amshtetten operatsiyalarida qatnashgan. Yassi-Kishinev hujum operatsiysida 27-armiya 2-Ukraina fronti chizig‘ida, asosiy zarbani Yassi yo‘nalishida amalga oshirib, dushmanning chuqur eshalonli mudofaasini yorib o‘tadi va 6-chi tank armiyasining hujumini muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlaydi.
Keyin Ruminiya hududiga tezkor hujumni rivojlantirib, 9 kun davomida 300 km masofaani jang bilan bosib o‘tib, “Janubiy Ukraina” nemis-rumin qo‘shinining ort qismlarini bo‘lib tashlaydi va Ajud, Fokshani, Buzeu, Ploeshti shaharlarini egallab oladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 13-sentabrdagi Farmoni bilan “Yassi-Kisinyov operatsiyasida qo‘shinlarni mohirona boshqarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, general-leytenant Sergey Georgiyevich Trofimenko Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan tardirlangan.
1953-yil 16-oktabrda Moskvada vafot etgan. Novodevichy qabristoniga dafn qilingan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1-DARAJALI SUVOROV" ORDENI

"2-DARAJALI KUTUZOV" ORDENI

"1-DARAJALI BOGDAN XMELNITSKIY" ORDENI