TOPIVOLDIYEV MAMADALI

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (15.08.1944)

1919-yil 20-sentyabrda Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi Pandigan qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbek. Boshlang‘ich maktabni tamomlagan. 1934-yilda jamoa xo‘jaligida pochtachi va traktor haydovchisi bo‘lib ishlagan.
1939-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Bobruysk shahrida (Belarussiya) joylashgan o‘qchi diviziyalarining biridagi 130-chi artilleriya polkida avtomashina haydovchisi bo‘lib xizmat qilgan. 1941-yildan Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi. G‘arbiy front tarkibida Belorussiya hududidagi mudofaa janglarida ishtirok etgan. Topivoldiyevning bo‘linmasi Minsk viloyatining Borisov shahri hududida qurshovga tushib qolgan. Do‘sti Ivan Rilkov bilan birga uning Mogilevshinadagi qishlog‘iga yetib boradi. Ularga Ivan Rilkovning onasi Anna Vasilyevna boshpana beradi, keyinchalik u Topivoldiyevga ikkinchi onasiday bo‘lib qoladi. Qishloq aholisi daladan hosilni tezroq yig‘ib olishga va «yangi tuzum» vakillaridan yashirishga kelishib olishadi. Topivoldiev traktorni ta‘mirlaydi va hirmonda qatnashadi. Buning uchun u politsaylar tomonidan hibsga olingan va Krugloye shahridagi lagerga yuboriladi.
1942-yilda Topivoldiyev lagerdan qochadi. G.A.Kirpich boshchiligidagi partizan otryadiga qabul qilinadi. 1942-yil may oyi yakunida otryad «Chekist» nomli partizan brigadasi nomini olib, Belorussiyaning Vitebsk viloyatining Tolochinskiy tumani va Mogilev viloyatining Kruglyanskiy tumani chegarasidagi Ratsevskiy o‘rmonlarida jang qiladi. Topivoldiyev 5-partizan otryadining razvedka bo‘limiga komandirlik qilgan. Partizan otryadida uni «Kazbek» deb atashgan. O‘zini qat’iyatli, jasur jangchi ekanligini isbotlaydi, nemis tilini yaxshi bilgan, yaxshi xotiraga ega edi. Bir kun davomida o‘nlab kilometrlarni bosib o‘tar va qimmatli ma’lumotlarni to‘plardi.
O‘zining tezkor faoliyati bilan M.Topivoldiyev Vitebsk viloyati Tolochin shahrida o‘zbeklardan iborat garnizon tuzdi. Topivoldiyev boshchiligidagi bo‘linma politsaylarning katta guruhini qurolsizlantirishga erishadi.
Boshqa bir jangda Prigan qishlog‘ida yirik fashistlar garnizoni mag‘lub etiladi. Topivoldiyev shaxsan dushmanning 4 ta eshelonini portlatadi. 1944-yil iyun oyida so‘nggi bora jangga kiradi. M.Topivoldiyevning jangovor hujumi davomida, 5 ta eshelon portlatilgan, 76 ta fashistlar o‘ldirilgan va bitta nemis generali asirga olingan. Afsonaga ko‘ra, fashistlar «Kazbek» ning boshi uchun 50 ming nemis markasini va’da qilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 15-avgustdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, Topivoldiyev Mamadali Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
U 1969-yil 7-mayda fojiali ravishda vafot etdi. Farg‘ona shahrida dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"MEHNAT QIZIL BAYROG'I" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"FAXR BELGISI" ORDENI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA UCHUN" MEDALI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHINING G‘ALABASINING 20 YILLIGI" MEDALI

«SSSR QUROLLI KUCHLARINING 50 YILIGI» YUBILEY MEDALI

1,2-DARAJALI “ULUG‘ VATAN URUSHI PARTIZANI” MEDALI