TIXONOV KONSTANTIN ANDREYEVICH 

kichik serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (30.10.1943)

1908-yil 27-sentyabrda, Saratov viloyatining Vorobyevka qishlog‘ida (xozirgi Lisogorsk tumani) tug‘ilgan.
1930-1932 yillarda Qizil Armiya safida muddatli harbiy xizmat o‘tagan. Buxorodagi “Yangi yo‘l” jamoa xo‘jaligida brigada boshlig‘i bo‘lgan, so‘ngra non zavodida mehnat qilgan. 1942-yil 3-yanvarda Buxoro tuman harbiy kimissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1942-yil apreldan Ikkinchi jahon urushida G‘arbiy, Markaziy (01.02.1943) frontlarda jang qilib, Kursk jangida va Ukraninani ozod qilishda qatnashgan. 1943-yil 2-iyunda jarohat olgan.
1943-yil 15-oktyabr kuni Gomelsk viloyatining Loyev tumanida Dnepr daryosidan kechib o‘tishda kichik serjant Tixonov birinchilardan bo‘lib nemislar transheyasiga kirib, qo‘l jangida pulemyotni qo‘lga kiritadi va dushman askarlarini o‘qqa tutadi. O‘z vzvodi bilan marrada joylashib, 3 marotaba dushmanning qayta hujumlarini qaytarib, tepalikni saqlab qoladi va polkning qolgan bo‘linmalarini daryoni kechib o‘tishiga imkon yaratadi. Platsdarmda bo‘lgan jangda jangchilar 120 dan ortiq dushmanni yo‘q qiladi, shulardan 25 nafarini Tixonovning o‘zi qirib tashladi.
Keyinchalik, 1-chi va 2-chi Belorussiya fronti tarkibida, Belorussiya va Polshaning ozod qilinishida qatnashgan, g‘alabani Germaniyada kutib olgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 30-dekabrdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kichik serjant Tixonov Konstantin Andreyevich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Buxoro non zavodi rahbari o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 1953-yil 2-yanvarda vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA UCHUN" MEDALI

«VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN» MEDALI