SVINARCHUK NIKOLAY DAVIDOVICH

katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.03.1945)

1920-yil 20-yanvar kuni Golodnaya Step (hozirgi O‘zbekistonning Guliston shahri) qishlog‘ida temiryo‘lchilar oilasida tug‘ilgan. Rus. Boshlang‘ich ta’limga ega. O‘zbek SSR Boyovut temir yo‘lida ishchi bo‘lib ishlagan.
1940-yilning 25-oktyabridan – Qizil Armiya safida. 1942-yilning avgustidan amaldagi Armiya saflarida Kalinin, 2-Boltiq bo‘yi, 1-va 2-Belorussiya frontlarida jang qilgan. Velikolukskaya, Nevelskaya va Poleskoy hujum operatsiyalarida qatnashgan. Janglarda ikki marta yaralangan. Lublin-Brest operatsiyasida jonbozlik ko‘rsatgan.
1944-yil 26-iyulda N.D.Svinarchukning vzvodi Byala Podlyaska shahri hududida Kshna daryosidan (hozirgi Lublin viloyati, Polsha) kechib o‘tdi. Vzvod komandiri safdan chiqqanidan so‘ng, vzvod boshqaruvini qo‘lga olib, xandaqlardagi nemislarni yakson qildi va egallab olingan pozitsiyalarni qat’iy mudofaa qilish orqali batalyonning boshqa bo‘linmalari platsdarmdan o‘tishlarini ta’minladi. Ertasi kuni Boxukali qishlog‘i yaqinida N.D.Svinarchuk vzvodi shosseni egallab, dushmanning qurshovga olingan bo‘linmalari chekinishiga yo‘l qo‘ymadi, hamda 8-ta qarshi hujumini qaytargan holda, zirhli transportyor, 3 ta avtomashina va 150 taga yaqin dushman askar va ofitserlarini yakson qildi. Vzvod egallagan maydondan dushman o‘ta olmadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta serjant Svinarchuk Nikolay Davidovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Keyinchalik Visla-Oder, Sharqiy Pomeraniya va Berlindagi hujum operatsiyalarida qatnashgan.
Urushdan keyin starshina N.D.Svinarchuk zaxiraga bo‘shatildi. Qozog‘iston SSR Chimkent viloyati Lenger shahrida yashab, faoliyat yuritgan.
1983-yil 1-yanvarda vafot etdi. U Chimkent viloyati, Lenger tumani Aleksandrovka qishlog‘ida dafn etilgan (hozirgi Janubiy Qozog‘iston viloyati, Tolebi tumani, Do‘stlik qishlog‘i).

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

2-DARAJALI SHON-SHARAF ORDENI

3-DARAJALI SHON-SHARAF ORDENI