STRENAKOV PROKOFIY AVERYANOVICH

starshina, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.12.1943)

1917-yil 6-iyunda Belarus Respublikasi Gomel viloyati Rogachev tumani Grechuxi qishlog‘ida tug‘ilgan. 7-sinfni tugatgan. Minskdagi g‘isht zavodida va Bobruisk shahridagi yog‘chni qayta ishlash zavodida ishlagan.
1938-yildan Qizil Armiya safida. 1942-yil kichik leytenantlar kursini tugatgan. Ikkinchi jahon urushida 24-chi artilleriya brigadasi 642-chi artilleriya polkida vzvod komandiri bo‘lgan. Dnepr uchun bo‘lgan janglarda jonbozlik ko‘rsatgan.
1943-yil 12-oktabrda leytenant Strenakov razvedkachilar guruhiga bosh bo‘lib, dushmanning olovi ostida Dnepr daryosini kechib o‘tadi. Oldinga ilgarilab, dushman o‘t ochish vositalarini razvedka qiladi. Kuzatuv natijasida katta kalibrli pushkalar batareyasini aniqlaydi va batareya yakson etiladi. Gomel viloyatining Loyevskiy tumanidagi platsdarmda ko‘plab dushmanning qarshi hujumlarini qaytarishda ishtirok etadi.
13-oktabr kuni Glushets qishlog‘ida, dushman tanklari va artilleriya yordami bilan qarshi hujumni boshlaganida, leytenant Strenakov batareyasiga aniq nishon ko‘rsatmalarini beradi, bu dushmanning qarshi hujumni qaytarishga yordam beradi. 15-oktabr kuni Staraya Lutava qishlog‘I uchun bo‘lib o‘tgan jangda, dushmanning qarshi hujumini qaytarishda qatnashib, piyodalar bilan dushman mudofaasini yorib kiradi va 10 dan ortiq dushmanni granatalar va shaxsiy quroli bilan yo‘q qiladi. 21-oktabr kuni Novaya Lutava qishlog‘I uchun olib borilgan janglarda piyoda safida yaralangan rota komandirini almashtirib, jangchilarni hujumga boshlaydi va qishloqqa yorib kiradi. Jangda shahsan o‘zi bir nechta dushman askarlarini yo‘q qiladi. Yaralanganiga qaramay, piyoda askarlarini egallangan marraga mustahkam o‘rnashib olmaguncha jang maydonini tark etmagan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 24-dekabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, starshina Prokofy Averyanovich Strenakov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1958-yilda mayor A.A.Strenakov zaxiraga bo‘shatilgan. Toshkent shahrida yashagan. “Tashkentkabel” zavodida ishlagan.1961-yil 12-oktyabrda vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"ALEKSANDR NEVSKIY" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI