STEMPKOVSKAYA YELENA KONSTANTINOVNA

kichik serjant, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (15.05.1946)

1921-yilda Belarussiyaning Minsk viloyati Soligorsk tumanidagi Mazurshina qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Rus millatiga mansub. Toshkent pedagogika institutida tahsil olgan. U Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani Boyovut-1 qishlog‘ida yashagan.
1941-yil iyun oyida Qizil Armiyada safiga chaqirilgan. U radiotelegrafchilar kurslarini tamomlagan. 1942-yilning yanvar oyidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. (Janubi-G‘arbiy frontning 21-armiyasi 76-o‘qchilar diviziyasi) 216-o‘qchilar polki o‘qchilar batalyoni radisti kichik serjant E. Stempkovskaya 1942-yilning iyun oyida Belgorod viloyati, Shebekinskiy tumani, Zimovenka qishlog‘i yaqinida batalyon qurshovdan chiqayotganida, polk shtabi bilan uzluksiz aloqani ta’minlab bergan.
1942-yil 26-iyunda halok bo’lgan korrektirovkachining o‘rnini egallab, o‘zi jang qilishda davom etdi. So‘ngra vzvod tarkibida batalyonning chekinishini ta’minlagan. Ushbu jangda vafot etgan va Zimovenka qishlog‘iga dafn etilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1946 yil 15 maydagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kichik serjant Stempkovskaya Yelena Konstantinovna Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan (vafotidan so‘ng).

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI