SMIRNOV ARKADIY ALEKSANDROVICH 

gvardiya polkovnigi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (15.05.1946)

1909-yil 8-aprelda Yaroslavl viloyati Borisoglebskiy tumani Gavshin qishlog‘ida tug‘ilgan. U bosmaxona yo’nalishidagi kasbiy texnik maktabini tamomlagan. Toshkentda bosmaxona tarjimoni bo‘lib ishlagan.
1931-yilda Qizil Armiya safiga chaqirildi. 1934-yilda Tambov otliqlar maktabini tamomladi.
1941-yil avgustdan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Butun urush davomida otliq askarlar safida xizmat qildi. 1942-yilda qo‘mondonlik tarkibining otliqlar malakasini oshirish kurslarini tamomlagan.
1945-yil yanvar oyida Polsha uchun janglarda diviziyaning oldingi qatorlarida harakatlanayotgan, yorib o‘tuvchi polkning harakatlarini mohirona tashkil qildi. 18-yanvar kuni chekinayotgan dushmanni ta’qib etayotgan holda, Lovich shahriga bostirib kirib, uni ozod qildi. Dushman muhim temir yo‘l va avtomagistral kesimlaridagi aloqani yo‘qotdi. Ushbu jangda otliq askarlar 200 dan ortiq dushmanni qirib tashlab, muhim o‘ljalarni qo‘lga kiritdilar. Smirnovning polki dushman yangi mudofaa marrasida joylashishiga to‘sqinlik qilgan holda, 21-yanvar kuni bir nemis batalyonidan ortiq fashistlarni yakson qilib, Argenau shahrini egallab oldi. Bromberg shahri uchun janglarda Smirnov polki shaharga hujum qilayotgan diviziyaning ort va yon tomonlarini himoya qildi. Dushman doimo diviziyaning yon tomonlariga qarshi hujum qilishga va uning front ortiga kirishga urindi. Dushman zaiflashganida, Smirnov diviziyaning qanotlarida kichik bo‘shliq qoldirdi, qolgan kuchlar bilan tezkor marsh-manevrni amalga oshirib, shaharning janubi-g‘arbiy chekkasiga kirib bordi. Otliqlar dushmanning ikki piyoda rotasini yakson qilib, 6 ta ombor, ko‘plab avtomshina va boshqa texnikalarini egallab olishdi.
1945-yilning bahorida gvardiya polkovnigi Smirnov Germaniya hududidagi hujumlarda bo‘linmani mohirona boshqargan. Aprel oyining oxirida, 15-otliqlar polki, chekinayotgan dushmanni ta’qib etgan holda, Frizak qishlog‘i yaqinidagi Frizikkerrin kanaliga yaqinlashdi. Kuchli minomyot va pulemyot o‘qlariga qaramasdan, askarlar tunda ko‘prik qurib, 2-mayning tongida dushmanning mudofaasiga hujum qilishdi va platsdarmni egallashdi.
Shiddatli qurshov, hamda bir vaqtning o‘zida ikki tomondan tezkor hujumni qo‘llagan holda polk Vusterxauzen shahriga bostirib kirib, dushmanni ta’qib etdi va bir qator aholi punktlarini egallab oldi. Ushbu jangda Smirnovning jangchilari dushmanning 500 dan ortiq askarini yakson qilib, 200 nafarini asirga oldi, 18 ta to‘p, 30 ta avtomashina, 8 ta ombor, yuzlab miltiq va avtomatlarini bosib oldilar.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1946-yil 15-maydagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya polkovnigi Arkadiy Aleksandrovich Smirnov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1952-yilda polkovnik Smirnov zaxiraga bo‘shatildi. U Riga shahrida yashagan. 1959-yilning 18-noyabrida vafot etdi.
Borisoglebskiy qishlog‘ida-o‘z Vatanida, vatandoshlar yodgorligida, Qahramonning portreti aks ettirilgan marmartosh qo‘yilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

3-DARAJALI SUVOROV ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI