SIZOV PYOTR IVANOVICH

gvardiya kapitani, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.03.1945)

1909-yilda Terpene qishlog‘ida (hozirgi Ukrainaning Zaporoj viloyati Melitopol tumani) tug‘ilgan. Millati rus. Dastlab, Donbassda, so‘ngra O‘zbekiston SSRda yashab, faoliyat yuritgan.
1942-yilning martida Qizil armiya safiga chaqirilgan. 1943-yilda Xarkov harbiy-siyosiy bilim yurtini tamomlagan. 1943-yilning aprel oyidan Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi.
1944-yilning oktyabrida 1-Boltiqbo‘yi frontining 2-chi gvardiya armiyasi 24-gvardiya o‘qchi diviziyasi 71-gvardiya o‘qchi polki partiyaviy tashkilotchisi bo‘lgan. Litva SSR hududidagi janglarda qatnashgan.
1944-yilning 20-oktyabridan 21-oktyabriga o‘tar kechasi polk Pagegyay shahri yaqinidagi pozitsiyalarini qo‘ldan boy bermadi. Fashistlarning to‘satdan uyushtirilgan qarshi hujumini qaytarib, dushmanning 5 nafar askarini shaxsan yo‘q qildi. Ertasi kuni polk hujumga o‘tdi. Dushmanning pulemyotdan o‘qqa tutishi natijasida oldinga harakatlanish to‘xtatilgan payt, Sizov dushmanning pulemyotlariga yaqin kelib, ularni granata bilan portlatib yubordi va ozi ham halok boldi. U Pagegyada dafn qilingan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan «fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorat va qahramonligi uchun» gvardiya kapitani Sizov Pyotr Ivanovich vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
U harbiy qismning doimiy shaxsiy tarkibi ro‘yxatiga kiritilgan.
Urganch va Terpenye shaharlarida ko‘chalar, Terpenye va Pitnak shahri maktablari Sizov sharafiga nomlangan, Pitnak shahrida unga yodgorlik o‘rnatilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI