SCHUKIN ANDREY FEDOTOVICH

katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni(30.10.1943)

1918-yil 16-oktabrda Qo‘rg‘onchik qishlog‘ida ishchi oilasida tug‘ilgan. Achinsk texnikumini tugatgandan so‘ng hisobchi bo‘lib ishlagan.
1938-yildan Qizil Armiya safida, Ikkinchi jahon urushida, 43-Daursk o‘qchi polkining aloqa rotasida (65-Armiya, 106-o‘qchi diviziyasi) radiostansiya bo‘shlig‘i bo‘lgan. 1943-yil 15-fevraldan Markaziy frontda jang qilgan. 1943-yil sentabr oyida Averyanovo, Zernovo qishloqlariga hujumda uzluksiz aloqani ta’minlab berganligi uchun serjant Shukin “Qizil yulduz” ordeni bilan taqdirlangan.
Dushmanning kuchli olovi ostida Dnepr daryosidan kechib o‘tadi, og‘ir yaralanganligiga qaramay, polk shtabi bilan aloqa o‘rnatib, batalyonni uzluksiz boshqaruvini va Dneprning g‘arbiy sohilidagi platsdarmni muvaffaqiyatli egallashni ta’minlab beradi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 30-oktabrdagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta serjant Shchukin Andrey Fedotovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1944-yilda jarohati sababli zahiraga bo‘shatiladi. Moldoviya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining Chernovtsi viloyatida ishlagan. 1963-yildan Yangiyer shahrida yashagan. 1987-yil 1-dekabrda vafot etgan. Yangier shahrida dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI