SHIBAYEV MIXAIL PETROVICH

oddiy askar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (30.10.1943)

 

1916-yilning 1-noyabrida Penza viloyati Mokshanskiy tumanidagi Chernozere qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. 3-sinfni tamomlagan.
O‘zbekiston poytaxti – Toshkentda rassom bo‘lib ishlagan. U 1942-yilning yanvar oyida O‘zbekiston SSRning Toshkent shahri Frunze tumani harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Armiyada 1942-yil apreldan xizmat qilgan.
1943-yilning 15-oktyabrida 120-o‘qchilar polkining razvedka vzvodi komandiri katta serjant Mixail Shibayev birinchilardan bo‘lib Ukraina SSRning Chernigov viloyati Repkinskiy tumani Radul shahar tipidagi qo‘rg‘on yaqinidan Dneprni kechib o‘tadi. Yarador bo‘lishga, ko‘p qon yo‘qotganiga qaramay, transheyani to‘liq tozalagunga qadar jangni davom ettiradi. O‘zining qatiyatli harakatlari bilan desantchilar guruhi etib kelgan joyiga mustahkam o‘rnashishiga va polkning qolgan qismlarini daryoni kechib o‘tishiga imkon yaratadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 30-oktabrdagi Farmoni bilan Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun oddiy askar Mixail Petrovich Shibayev Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1985-yil 23-oktabrida vafot etgan. Toshkentdagi birodarlar qabristoniga dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"2-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI

"JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN" MEDALI