PAVEL FYODOROVICH SHEVELEV

polkvnik, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (04.02.1944)

1917 yil 14 yanvarda dehqon oilasida tug‘ilgan. Ukrain. Maktabning 7-sinfini tugatgach, qurilish texnikumida o‘qishni davom ettirgan. 1936-yildan Qizil Armiya safida. 1939-yilda Chuguev harbiy aviatsiya maktabini tugatgan.
1941 yil iyundan Ikkinchi jahon urushida, 67-gvardiya qiruvchi aviatsiya polkining (1-chi gvardiya qiruvchi aviatsiya diviziyasi, 16-havo armiyasi, Markaziy front) eskadriliya komandiri bo‘lgan. 1943-yil avgust oxiriga kelib uchuvchi 189 ta jangovar parvozni amalga oshirgan edi. Shaxsan o‘zi havo janglarida 13 ta dushman samolyotni urib tushirgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 4-favraldagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, polkvnik Pavel Fyodorovich Shevelev Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1945-yil 9-maygacha P.Shevelev 236 ta jangovar parvozni amalga oshiradi, 55 ta havo jangida qatnashadi va dushmanning 15 samolyotini shaxsan o‘zi yakson qilgan.
1978 yilda aviatsiya general-polkovnigi Shevlev P.F. iste’foga chiqqan.
Toshkentda yashagan, 1990-yil boshlarida Bryanskga ko‘chib ketgan va o‘sha erda vafot etgan. Bryansk Sovet qabristoniga dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI