SCHENIKOV MIXAIL VASILEVICH

mayor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (27.06.1945)

 1913-yil 1(14)sentabrda Vladimir viloyati, Suzdal tumani Chernijnine qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Rus. 6-sinfni tugatgan. Moskvadagi “KrasnayaZarya” zavodida ishlagan.
1934-yildan Qizil Armiyada. 1937-yilda Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi nomidagi harbiy maktabni bitirgan. 1942-yilda M.V.Frunya nomidagi Harbiy akademiyaning tezlashtirilgan avariya kursini tamomlagan.
1941-yil iyundan Ikkinchi jahon urushida, 1-Ukraina frontining 3-gvardiya tankchlar armiyasi, 6-gvardiya tankchlar diviziyasi, 53-gvardiya tankchlar brigadasida motoo‘qchilar batalyoni komandiri bo‘lgan.
Germaniya poytaxti Berlin ostonasidagi janglarda jonbozlik ko‘rsatgan. 1945-yil 20 aprelda yashirin ravishda Bayrut shahri yaqinida batalyonni jamlaydi, dushman kutmagan vaqtda shahar markaziga yorib kiradi va o‘sha kuni shahar butunlay dushmandan tozalanadi. Germaniyaning boshqa bir qator aholi yashash punktlarini qo‘lga kiritishda jasorat va qat’iyatlik bilan harakat qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 27-iyundagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, mayor Mixail Schenikov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Toshkentda yashagan. Ko‘chma mexanizatsiyalashgan kolonnaning kadrlar bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 1994-yil 4-noyabrda vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"2-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI