SHCHADIN VASILIY FILIPPOVICH

 leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (26.10.1943)

 

1912-yil 28-yanvarda Rudnya qishlog‘ida (hozirgi Volgograd viloyati Rudnyanskiy tumani) kambag‘al dehqon oilasida tug‘ilgan. Rus.
1938-yilda Saratov pedagogika institutini va 1942-yilda Toshkent harbiy piyoda maktabini tamomlagan. 1941-1944-yillarda Qizil Armiyada xizmat qilgan.
1943-yil fevralidan 1944-yil avgustgacha, tankka qarshi qurollar vzvodi, o‘qchi vzvodi va batalyoni komandiri lavozimlarida Voronej, Dasht va 2-Ukraina frontlarida jang qilgan. Kursk jangida va Ukrainani ozod qilishda qatnashgan. Ikki marotaba jiddiy yaralangan. 1944-yilda sog‘lig‘i tufayli Qizil Armiya safidan bo‘shatilgan. Saratov viloyati Balashov shahrida yashagan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 26 oktabrida Farmoni bilan Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun leytenant Vasiliy Filippovich Shchadin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. 1979-yil 5-noyabr sanasida vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI