SHAUMYAN IVAN KONSTANTINOVICH 

serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (30.10.1943)

 

1910-yil 15-oktyabrda Paravatumb qishlog‘ida tug‘ilgan (hozirgi Tog‘li Qozog‘iston respublikasining Martuni tumani hududida). Arman. Qozog‘istonda traktorchi, qishloq xo‘jaligi muhandisi sifatida ishlagan. 1941-yilda Timiryazev qishloq xo‘jaligi akademiyasining 3-kursini tugatgan. 1941-yil iyuldan Ikkinchi jahon urushida qatnashgan.
Smolensk va Vyazma yaqinida jang qilgan, yaralangan, davolangandan so‘ng 120-o‘qchilar polkiga tayinlangan. Kursk jangida qatnashgan. 1943-yil
15-oktyabrda Radul qishlog‘i yaqinidan Dneprni kechib o‘tishda jonbozlik ko‘rsatgan.
Tutun niqobi qo‘llanilishi, kechuvni muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minladi. Desant guruhi tarkibida daryoning o‘ng qirg‘og‘iga o‘tib, platsdarmni egallashda ishtirok etadi. Platsdarmni o‘ng qanotida dushmanning qarshi hujumlarini qaytarayotgan vaqtida 17 nafar jangchini boshqargan. Yaralanganiga qaramay, yordam kelguniga qadar safda qoladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 30-oktabridagi Farmoni bilan Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun serjant Ivan Konstantinovich Shaumyan Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Moskva shahrida yashagan. 1992–yil 25-oktabrida vafot etgan. Moskvada arman qabristoniga dafn qilingan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI