SEMIKOV ALEKSANDR IVANOVICH

gvardiya mayori, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (31.05.1945)

1916-yil 23-noyabrda Lavrentevo (hozirgi Mordoviyaning Temnikov tumani) qishlog‘ida tug‘ilgan, 5 sinfni tamomlaganidan so‘ng qishloq-xo‘jaligida faoliyat yuritgan. Keyinchalik Toshkent temir yo‘l texnikumini tugatib, Andijonda vagonlar ustasi bo‘lib ishlagan. 1937-yilda Qizil armiya safiga xizmatga chaqirilgan. 1941-yilda Toshkent harbiy-siyosiy bilim yurtini tamomlagan. Shi yilning iyul oyida Ikkinchi jahon urushida janggi kirgan. Janglarda 3 marotaba jarohatlangan. 1942-yili «Otish» kurslarini, 1944-yilda esa, M.V.Frunze nomidagi harbiy Akademiyani tamomlagan.
1945-yilning aprelida 1-Beloruss frontining 8-gvardiya armiyasi, 79- gvardiya o‘qchilar diviziyasi, 227-gvardiya o‘qchilar polkini boshqargan.
Berlin jangida jonbozlik ko‘rsatgan.1945-yil fevral oyining boshida 227- polk Oder daryosini kechib o‘tib, uning g‘arbiy qirg‘og‘idagi platsdarmni egallab oldi va fashist qo‘shinlarining ko‘plab qarshi hujumlarini qaytardi. U jangda qattiq jarohatlangan bo‘lsada, safda qoldi.
Semikov bo‘linmasi Dolgelin uchun janglarda Frankfurt- Dolgelin temir yo‘l va shosse chorraxasida dushman qurshovida qoldi va shiddatli hujumni qaytarib, qurshovdan chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Polkning yo‘nalishida 5 ta yashiringan tanklar mavjud bo‘lib, Ularni kuchli zarbali to‘plar va katyusha qurollari ham yakson qila olmasdi. Tanklarning zirhi tosh uyumlari bilan to‘silgan edi. Polkning mahoratli sapyorlari tanklarning ort tomonidan o‘tib portlatib yuborishdi. Ko‘p o‘tmay polkni kuchli artilleriya zarbalari, qiruvchi samolyotlar bilan, piyoda askarlarning shiddatli qarshi hujumi orqali o‘qqa tutishdi. Semikov polki 2 soat davom etgan jangdan so‘ng, qo‘shni tankchilar general I.F.Dryomovning 8-mexanizatsiyalashgan gvardiya korpusi tankchilari yordamida dushmanni yengib o‘tdi. Ko‘plab yo‘qotishlar bo‘ldi, shular qatorida podpolkovnik Semikov ham qattiq jarohatlandi. U 1-batalyon jangovar tartibida bo‘lganida, unga yaqin masofada fashist samolyotidan tashlangan bomba portladi. Bomba parchalari uni o‘ng sonini maydalab tashladi, qo‘l va yelkasini yaraladi. Shifokorlar uni qutqarib qolishdi. Biroq, u Berlinni egallashdagi yakuniy hujumda ishtirok eta olmadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 31 maydagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, mayor Aleksand Ivanovich Semikov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urush tugagach Sovet armiyasi safida xizmatini davom ettirdi.1963-yilda Bosh shtab qoshidagi harbiy akademiyaning Oliy akademik kurslarini tamomladi. 1972-yili Semikov polkovnik unvonida zahiraga bo‘shatildi. Avval Sxodnya qishlog‘ida, keyinchalik Moskva viloyatining Ximki shahrida yashagan.
1995-yil 23-martda vafot etdi, Mashkindagi Ximok qabristoniga dafn etildi.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"JASORATI UCHUN" MEDALI

"JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN" MEDALI

"MOSKVA MUDOFAASI UCHUN" MEDALI

"STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN" MEDALI​

"1941-1945 YILLARDAGI ULUG' VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA UCHUN" MEDALI

«BERLINNI ZABT ETGANLIGI UCHUN» MEDALI

«VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN» MEDALI