SARAYEV NIKOLAY ANDREYEVICH

oddiy askar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (16.10.1943)

1914-yil 10-martda hozirgi Penza viloyati Nijnelomovskiy tumanidagi Muromka qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Rus. Boshlang‘ich ma‘lumotga ega. U Qoraqalpoq ASSR (hozirgi Qoraqalpog‘iston Respublikasi) Nukus shahridagi g‘isht zavodida temirchi bo‘lib ishlagan.
1942-yilda Qoraqalpoq ASSR Nukus tumani harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirildi. 1942-yildan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 603-alohida sapyor batalyonining sapyori (Markaziy front 13-armiyasi 322-o‘qchilar diviziyasi) oddiy askar Nikolay Sarayev, 1943-yilning avgust kuni o‘z tarkibiy bo‘linmasining Seym va Desna daryolarini kechib o‘tishini ta’minladi. Ukrainaning Chernigov viloyati, Sosnitskiy tumani, Yangi Mlin va Pekarevo qishloqlari hududidagi Seym daryosida, (suzuvchi) tayanchga o‘rnatilgan ko‘prik qurilishida ishtirok etdi. Ukrainaning Chernigov viloyati Nadixovka qishlog‘ida joylashgan Desna daryosida oddiy askar Sarayev 322-o‘qchilar diviziyasining qismlarini paromda daryodan o‘tkazayotgan payt, tros uzildi, jasur sapyor suvga o‘zini tashladi va tros uchlarini topib uladi, shu orqali bolinmasining daryodan kechib otishini ta’minladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 1-oktyabrdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, oddiy askar Sarayev Nikolay Andreyevich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1945-yilda demobilizatsiya qilingan. U Nukus shahriga qaytib keldi. Dastlab Qoraqalpoq viloyati partiya qo‘mitasida, so‘ngra avtobazada mexanik bo‘lib faoliyat yuritgan. 1991-yilda vafot etdi. U Nukus shahridagi markaziy xristian qabristoniga dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI