SANFIROVA OLGA ALEKSANDROVNA

gvardiya kapitani, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (02.23.1945)

1917-yil 2-mayda (19-aprel) Samara shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. 9-sinfni, Moskva viloyati Kolomna shahridagi aeroklubini tugatgan. Toshkentda yashagan va mehnat qilgan.
1941-yil dekabrdan Qizil Armiyada. Bataysk harbiy aviatsiyasi uchuvchilar maktabini tugatgan. Armiyada 1942-yil may oyidan.
Gvardiya kapitani Sanfirova O.A. 46-gvardiya tungi bombardimon aviatsiya polkining (325-tungi bombardimon aviatsiya diviziyasi, 4-aviatsiya armiyasi, 2-Belorusiya fronti) eskadriliya komandiri dushmanning tirik kuchlari va istehkomlarini yo‘q qilish uchun 630 marotaba tunda jangovar parvozlar amalga oshirgan.
Jasur uchuvchi 1944-yil 13-dekabrda jangovar topshiriqdan qaytayotganda vafot etgan. Mashinaga Polshada, Nasiyelsk hududida parvoz vaqtida dushman o‘qi tegadi. Olga va Rufina Gasheva (shturman) parashyut bilan sakrab Pultusk hududidagi neytral zonaga tushadi. Olga Sanfirovani piyodalarga qarshi minada portlatib ketadi, Rufina qo‘tqarib qolinadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 23-fevraldagi “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatilgan jasorati va qahramonligi uchun”, kapitan Sanfirova Olga Aleksandrovna Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Belarusning Grodno shahridagi ommaviy qabrga dafn qilingan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"ALEKSANDR NEVSKIY" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN" MEDALI​